Superliga yöllanmasini qölga kiritgan «Andijon» klubi rahbariyati murabbiylar ştabiga tajribali mutaxassislarni jalb etişga qaror qildi.
Klub matbuot xizmatining Tribuna.uz`ga ma'lum qilişiça, taniqli futbol mutaxassislaridan biri, «Navbahor», «Maş'al», «Paxtakor» singari nomdor jamoalarni boşqargan Jalilov Viktor Romanoviç sport direktori sifatida faoliyat boşlamoqda.
Şuningdek, yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet boş murabbiy Ildar Sakayevga seleksiya işlari böyiça yordam beradigan böldi. Avvalroq u boş murabbiy sifatida «Andijon»ni boşqargan.
Ayni paytda ta'tilni ötayotgan jamoa a'zolari 19 dekabrda Andijonda bir haftalik yiğinga jalb etiladi va uning yakunida klubning Pro-liga ğolibi sifatida Superligaga yöl olgani munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etiladi.
Şundan söng futbolçilar qisqa muddatli ta'tilga yöl olişadi va 3 yanvardan Toşkentda öquv-maşğulotlarni boşlaşadi. Fevral oyida jamoa Turkiyada öquv-maşğulot yiğini taşkil etişni rejalaştirmoqda.
Şuningdek, «Andijon» infratuzilmasi yangilanişi kutilmoqda. Xususan, «Soğlom avlod» stadionida:
- maydonga Niderlandiyadan çim keltirib ekiladi va u mart oyiga borib tayyor holga keladi;
- yoritkiçlar darajasi 1200 lyuksga yetkaziladi;
- kompyuter yordamida boşqariladigan elektron tablo va maydon çetiga reklama şitlari örnatiladi;
- tribunalarda 18 mingdan ortiq örindiq butunlay yangilanadi;
- örindiqlar hozirgidek turliça emas, faqat oq va kök rangda böladi;
- 1-sektorda CIP loja taşkil etiladi;
- OAV uçun alohida press-loja yaratiladi va internet bilan ta'minlanadi.












