Kanadalik boksçi Adonis Stivenson ukrainalik boksçi Aleksandr Gvozdikka qarşi jangda olingan jarohatlar sababli koma holatiga kiritilgandan keyin ilk bor közini oçdi.
Ma'lum qilinişiça, bu Stivenson yaxşilanayotganining birinçi yaqqol alomati böldi. U közini oçganida yonida rafiqasi bölgan.
Boksçi 1 dekabrda Gvozdikka qarşi keçgan jangda oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilib, 6 dekabrda operatsiya qilingan. Gvozdik Stivensonni 11-raundda nokautga uçratgaç, kanadalik miyaga qon quyilişi gumoni bilan şifoxonaga olib ketilgandi.
WBC yönalişi böyiça sobiq jahon çempioni, 41 yoşli Stivenson uçun Gvozdikdan olingan mağlubiyat faoliyatidagi ikkinçisi böldi. Kanadalik boksçining hisobida, şuningdek, 29 ta ğalaba va bitta durang natija bor.












