Hukumat qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga köra, mazkur Nizomga muvofiq yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beriş şartnomasi 30 kundan ortiq bölmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.
Qisqa muddatli ijara şartnomasini notarial rasmiylaştiriş hamda DYHXX organlaridan röyxatdan ötkaziş talab etilmaydi.
Qisqa muddatli ijara şartnomasida taraflar, ya'ni ijaraga beruvçi yuridik şaxs, ijaraga oluvçi (ijaraçi) esa jismoniy şaxs böladi.
Şartnoma tuziş uçun ijaraga oluvçi ijaraga beruvçiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasport;
haydovçilik guvohnomasi;
tibbiy körikdan ötganlik haqida ma'lumotnoma;
garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovçi hujjat.
Qisqa muddatli ijara şartnomasining muddati tugagandan söng, transport vositasi ijaraga beruvçi tomonidan topşiriş va qabul qiliş dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq haydovçilik guvohnomalarini beriş huquqi xususiy biznesga ötkazilişi mumkin ekani xabar qilingandi.












