«Barselona» uçun motivatsiya
«Levante» «Barselona» uçun kamtargina raqib edi. Lekin bu safargi öyinni köpçilik kutdi. Birinçidan, ötgan mavsumda ligada bazör jon saqlab qolgan bu jamoa bu tur arafasida turnir jadvalida yettinçi örinda edi («Barselona»dan 9 oçko kam jamğargan holda). Ikkinçidan, bu jamoa şu mavsumda, oktabr oyi oxirida «Santyago Bernabeu»da «Real»ni mağlub etgandi (2:1). Uçinçidan, kataloniyaliklar şu yil mayida «Levante»ga 4:5 hisobida mağlub bölişgandi (Öşanda jamoa çempionlik masalasini hal qilib bölgan va mavsum oxirida böşaşgandi)
Kataloniyaliklar barçasini e'tiborga olişgan va revanşga tayyorlanişgandi.
Çempionlar ligasi öyinida «Tottenhem»ga qarşi öyinda dam olgan Lionel Messi bu öyinda boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi. Argentinalik futbolçining öz şaxsiy natijasi böyiça maqsadi bor edi - u bu yilni ham kamida 50ta gol uriş bilan yakunlamoqçi edi (bu öyin arafasida uning 2018 yil boşidan beri urgan gollari soni 47taga yetgandi). Bu yilda ikki öyin qolgandi va buning nazariy imkoniyati bor edi. U esa bu maqsadiga bir öyindayoq yetib qöydi.
Messi şousi
Öyin «Levante»ga şu vaqtgaça ötkazilgan 16 öyinda 16 gol urgan Leoning goli bilan boşlanmadi. Öyin boşlanmasdanoq «Barsa» tarkibida kutilmagan özgariş röy berdi. Maşğulot vaqtida himoyaçi Nelson Samedu jarohat oldi, Valverde tarkibga ham, taktikaga ham özgartiriş kiritişiga töğri keldi. Portugaliyalik futbolçi örniga Fermalen çiqarildi. Ötgan mavsum oxiridagi öyinda (4:5) «Levante» darvozasiga 3ta gol urgan Koutino hamda Artur Vidal zaxirada qoldirildi. «Barselona» 3-5-2 sxemasiga ötdi. Maydon egalari ham şu sxemada öynaşdi. Mezbonlar öyin startidagi 20 daqiqada faolroq öynaşdi. «Barsa» esa bu vaqt davomida raqib darvozasiga yaqinlaşa olmadi. Öyinning 33-daqiqasida mezbonlar hisobni oçişi ham mumkin edi, ammo Boatengga gol urişga darvozasi tösini xalal berdi.
Mavzuga oid
Keyin esa Messi va Suares raqibni ayab ötirmadi. Argentinalik futbolçi raqib jarima maydoniga yorib kirdi va darvoza qarşisida böş turgan Suaresni töp bilan ta'minladi - 1:0.
Ötgan mavsumdagi 5:4 hisobini nazarda tutgan holda, «Levante»ni bu gol çöçitgani yöq. Jamoa yana bir xavfli hujum uyuştirdi, ammo töp yöliga yotgan Pike jamoani qutqardi. Umuman, birinçi bölimda «Barselona» himoyaçilari qahramonlarça öynaşiga töğri keldi. Faqat öyin oxirida yana Messi katta sahnaga çiqdi va ikkinçi golni urdi. Maydon markazida töpni egallab olgan Buskets darhol töpni oldinga taşladi, Messi tezlik olib, töpga yetib oldi va raqib jarima maydoniga kirib borib, xotirjamlik bilan darvozani işğol etdi. Bu argentinalik futbolçining «Levante»ga qarşi 17-öyinida 17-golni urişi böldi. Lekin hali hammasi oldinda edi.
Bu gol internetda turli memlarni urçitdi. Bu memlar jahon futboli afsonalaridan biri Pelening Messining imkoniyatlari haqidagi gapiga javob edi. «Messini men yoki Maradona bilan qanday qilib tenglaştiriş mumkin? Axir u faqat çap oyoğida zarba bera oladiku», degandi öşanda braziliyalik sobiq futbolçi. Messi esa birinçi golini öng oyoğida urdi.
60-daqiqaga kelib Messi het-trikni nişonlayotgandi. Birinçi bölim oxirida ötkazib yuborilgan gollardan keyin «Levante» öyinni taşlab qöydi, ikkinçi bölim boşida jamoa juda tartibsiz harakatlanib, maydon markazida qöpol xatolarga yöl qöydi. «Barselona»ning hujum guruhi esa bu xatolardan unumli foydalandi.
Öyinga Pike yakun yasab berdi. «Levante» futbolçilaridan biri Kabako maydondan çetlatilgaç (76-daqiqa), «Barselona» himoyaçilari özini erkin his qilib, hujumda ham omadini izlay boşladi. 88-daqiqada Pike raqib himoyaçilarini aldab, darvozabonni ham doğda qoldirdi. Unga ham töpni Messi yetkazib bergandi.
Şu tariqa, Messi öyindagi 5 golda ham iştirok etdi va mavsumdagi gollari sonini 50taga yetkazdi. U 2010 yildan boşlab deyarli barça yillarda, klub va terma jamoa safidagi öyinlar qöşib hisoblanganda, kamida 50tadan gol urib kelmoqda. Birgina istisno – 2013 yilda u 45ta gol bilan çeklangan. Messining faoliyatidagi eng yaxşi natija 2012 yilda qayd etilgan bölib, öşanda Leo yil davomida 91ta gol urgan edi va bu jahon rekordi hamon özgarişsiz qolmoqda. Valensiyaga sayohatdan keyin Messining bu mavsumda urgan gollari soni 14taga yetdi va töpurarlar röyxatida yaqqol peşqadam. U şuningdek, 10 golga uzatma bergan va «gol+pas» tizimi böyiça 24 oçko işlagan. Yevropada hozirça heç kim bu borada 20 oçkolik nuqtaga yetgani yöq.
Qolaversa, Messi La Liga öyinlaridagi het-triklari sonini 43taga yetkazdi va bu borada 44ta het-trik bilan yetakçi bölgan Ronalduga deyarli yetib oldi. Portugaliyalik futbolçi Ispaniyani allaqaçon tark etgani hisobga olinsa, Messi şu mavsumdayoq uning natijasini yaxşilaşi mumkin.
«Barselona» ötgan mavsumdagi mağlubiyat uçun revanş oldi va ligada yakka peşqadamlikni saqlab qoldi. Lionel Messi esa «Oltin töp»siz ham dunyoning eng yaxşi futbolçisi!
2018 yildagi oxirgi tur
Keyingi 3 haftada «Real» ikki marça yirik hisobda mağlub böldi. Dastlab, Eybarda 0:3 va keyin Madridda YeÇLning oxirgi turi doirasida TsSKAga qarşi keçgan öyinda şu hisob tabloda porlab turdi. Jamoa endi klublar örtasidagi jahon çempionatiga yöl oliş oldidan kiçik Madrid derbisida, «Rayo Valekano»ga qarşi öyin ötkazdi. «Qirollik klubi» xalqaro turnirdagi iştiroki tufayli keyingi turni ötkazib yuboradi.
Öyindan avval «Rayo» ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Santyago Bernabeu»dagi oxirgi ğalabasini esladi. Bu öyin 1996 yilda bölib ötgan, «asalarilar» öşanda safardan 2:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytişgandi. Bu ğalaba jamoa uçun tarixiy ğalabaligiça qolmoqda. «Rayo» Madriddagi oxirgi 3 öyinda jami 20ta gol ötkazgan. Eng yomoni 2015 yil dekabrida röy bergan, öşa öyinda «Rayo» 12-daqiqaga kelib 2:1 hisobida oldinda edi, ammo bir futbolçi maydondan çetlatilişi barçasini özgartirdi va öyin yakunida hisob 2:10 körinişiga keldi. Öşa mavsumda «Rayo» yuqori divizionni tark etdi va şundan beri jamoalar liga doirasida özaro öyin ötkazişmagandi.
Modriçning «Oltin töp»i
Keyingi 3 yilda uçinçi «Oltin töp» «Santyago Bernabeu»ga keltirilmoqda. Bu safar uning sohibi özgargan: Modriç ilojsiz işning ilojini qildi va Messi hamda Ronalduning 10 yillik hukmronligiga barham berdi. Köpçilik, sovrinni aniqlaş böyiça ötkazilgan ovoz beriş jarayoni yakunlaridan noroziligiça qoldi, ammo bu xorvatiyalik futbolçidan sovrinni endi qaytarib olib bölmaydi.
Benzemaning goli
«Real» bu öyinda maydon egasidek harakat qildi va debyutdayoq hisobni oçdi. Qanotdan jarima maydoniga yaqinlaşib kelgan Vaskes jarima maydonida qulay vaziyatda turgan Benzemani topdi va fransuz hujumçisi töp kelib tuşişi bilanoq uni darvoza töriga joyladi. Benzema bu mavsum oçilmoqda, ötgan mavsumda jami 5ta gol urgan futbolçi bu mavsum yarmida, jamoada inqiroz keçayotgan holida undan köproq - 6ta gol urdi.
Ikkinçi bölimda mezbonlar yana bir gol urişdi, ammo Ramos töpni darvozaga yöllagan vaziyatda hakam videotakror yordamida ofsaydni qayd etib, golni bekor qildi.
Tribunadagi huştakbozlik
«Real» qonuniy gol urişi ham mumkin edi, ammo Asensio qulay imkoniyatlarni kökka sovurdi. Qöşimça vaqtda esa mehmonlar hisobni tenglaştirişga juda yaqin kelişdi, faqat bu vaziyatda Kurtua jamoasi joniga oro kirdi. Madridliklar bu vaqtda sarosimaga tuşib qolişgan, tribunada esa futbolçilar şa'niga huştakbozliklar boşlanib ketgan edi. Faqat hakam huştagi yangrab qolişigina «Real» 3 oçkolik bölişini ta'minladi.
Endi «Real» La Ligaga 2019 yilda qaytadi. Oldinda esa klublar örtasidagi jahon çempionati. Jamoa öz omadsizligini eski yilda qoldirişi kerak.
Çempionlar ligasining guruh bosqiçi 6-turida «MYu» ustidan ğalaba qozongan (2:1) «Valensiya» içki çempionatda mavsum startidagi ketma-ket duranglar sababli hamon 15-örinda bormoqda edi. Çempionlar ligasidagi vazifa uddalanmadi, «körşapalaklar»ni Yevropa Ligasi yöllanmasi qanoatlantirmaydi. Endi bor e'tiborni La Ligaga qaratiş kerak.
Maydon egalari ikki tur muqaddam «Ipurua» stadionida «Real»ni 3:0 hisobida mağlub etişgan, Eybarga safar har qanday jamoa uçun qiyinçilik tuğdirişi tabiiy edi. «Valensiya» bu stadiondagi oxirgi 4 uçraşuvda 2 mağlubiyat va bir durang qayd etgan, faqat bir marça ğalaba bilan qayta olgandi.
«Eybar» öyinning birinçi bölimida xöjayinlik qildi. Basklar mehmonlarni jarima maydoniga qamab qöydi, Kukurelya, Jordan va Orelyana dambadam raqib darvozaboni uçun xavf tuğdirib turdi.
«Valensiya» esa kamdan-kam hujumlardan birida muvaffaqiyat qozondi. Raqib jarima maydonida öziga kelib tuşgan töpni darvozaga töğri yönaltirgan Rodrigo hisobni oçdi. Braziliyalik futbolçi bölim davomida yana bir imkoniyatga ega bölgandi, ammo uning zarbasi xato ketdi.
Mehmonlar ğalabani saqlab qola olişmadi. Ikkinçi bölimda Gayya jarima maydonida qöli bilan töpni öynadi va hakam videotakror orqali penalti belgiladi. Şarles zarba berişda adaşmadi. «Eybar» haqli ravişda durangga ega böldi. «Valensiya» esa navbatdagi (bu La Ligadagi 8-, jami musobaqalar doirasidagi 15-durang).
«Atletiko» bu turda safarda «Valyadolid» bilan kuç sinaşdi va 3:2 hisobidagi qiyin ğalabani qölga kiritdi.
Grizmann jamoasiga 3 oçko olib berdi. U dastlab Kaliniçni golli pas bilan ta'minladi va keyin ikkita gol urdi. 27 yoşli futbolçining ikkinçi goli «matrasçilar» libosida çempionat öyinlarida urilgan 83-gol böldi.
Endilikda fransuz futbolçisi «Atletiko»ning La Liga öyinlarida gol uriş böyiça eng yaxşi töpurariga aylandi. U madridliklar safida ötgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillari boşida töp surgan argentinalik legioner Ruben Kanoni ortda qoldirdi. Bu natijaga erişiş uçun Grizmann 159 öyinda maydonga tuşdi.
Bu ğalaba evaziga «Atletiko» uçinçi örindan tuşib ketmadi va ikkinçi örindagi «Sevilya»ni oldinga ötkazib yubormadi (ikki jamoada ham 31tadan oçko), «Real» bilan 2 oçkolik farqni saqlab qoldi.
«Sevilya» «Jirona»ni qabul qildi. Sevilyadagi «Ramon Sançes Pisxuan» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 55-daqiqasida öyin boş hakami «Jirona» darvozasi tomon penalti belgiladi va Ever Banega hisobni oçdi. Ikkinçi gol Pablo Sarabiya hisobiga yozildi.
Bu ğalaba evaziga «Sevilya» oçkolari sonini 31taga yetkazgan va turnir jadvalida «Real» (29) va «Atletiko»ni (31) quvib ötib, ikkinçi öringa kötarilgan. «Jirona» 21 oçkosi bilan 10-örinda joylaşgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi