Joriy yilning 16 dekabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi Z.B. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
U şu yil 23 iyul kuni boşqaruvidagi “Spark” rusumli avtomaşinani Ibn Sino köçasida joylaşgan viloyat mahalla markazi binosi oldida qarovsiz qoldirgan vaqtida noma'lum şaxs avtomaşina yukxonasidan içida 2 000 AQŞ dollari, 1 000 Rossiya rubli va umumiy qiymati 50 mln. sömlik 10 turdagi zargarlik buyumlari bölgan hamyonini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Navoiy şahar Sentob mahallasida yaşovçi H.X. sodir etganligi aniqlanib uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











