19 oktabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev va RF davlat rahbari Vladimir Putin Özbekistonda birinçi atom elektr stansiyasi (AES) qurilişi loyihasiga start berişdi. Tadbir bölğusi atom elektr stansiyasini quriş uçun maydon tanlaşda muhandislik tadqiqotlarining boşlanişini belgilab berdi. AES quriliş loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikki energoblokning qurilişini öz içiga oladi. Şu munosabat bilan Kun.uz muxbiri Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşevga murojaat qildi va atom energetikasiga oid jahon tendensiyalari, fuqarolarimizni xavotirga solayotgan, Özbekistonda atom elektr stansiyasi qurilişi qançalik muhimligiga doir asosiy savollarga javob oldi.
Suratda: Fanlar Akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev va
FA Yadroviy fizika instituti direktori örinbosari Ilhom Sodiqov
- Behzod Sodiqoviç, sizning yadroviy texnologiyalar böyiça professional va ilmiy faoliyatingizga 50 yildan oşdi. Özbekistonda atom energetikasi şakllanişi bilan boğliq yarim asrlik tarixning eng faol iştirokçilaridan biri sifatida ayting-çi, bizning mamlakatimiz va jumladan, özbekistonlik mutaxassislar AES kabi yuqori texnologik loyihani amalga oşirişga tayyormi?
- Özbekistonda atom elektr stansiyasi qurilişi töğrisidagi qaror Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Mamlakatimizda bu sohada faoliyat yurituvçi jahon miqyosidagi mutaxassislar borligini inobatga olsak, bu juda töğri qaror. Şu bilan birga, şaxsan davlat rahbarining taşabbusi bilan Toşkentda yadroviy texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovçi "Moskva muhandislik-fizika instituti" Milliy Tadqiqot Yadroviy Universiteti (MMFIMTYaU) filialini yaratişga qaror qilindi. Bu yil esa biz litsey, maktablarni tugallagan 30 dan ortiq abituriyentni saralab oldik va ular hozirda MMFIMTYaUda ta'lim olişmoqda, har yili şunday tanlov ötkazamiz. Bundan taşqari, şu yerning özida yiliga 100 dan ziyod talaba çiqaramiz, ya'ni mavjud kadrlar safiga yoş mutaxassislar qöşilişadi. Umuman olganda, AES qurilişi 10 yil atrofida davom etadi va bu kadrlar zahirasini tayyorlaş uçun yetarli muddat hisoblanadi.
Nima uçun Özbekistonga AES kerakligi haqida gapiradigan bölsak, bir misol keltiraman. 1990-yillarda, ya'ni Sovet ittifoqi parçalanayotgan bir vaqtda Özbekistonning bir fuqarosi uçun 2700 KVt/s energiya işlab çiqarar edik, bugun esa 1600 KVt/s’dan biroz köproq energiya işlab çiqariladi, çunki yangi quvvatlar deyarli kiritilmagan, aholi esa 30 foizdan köproqqa oşgan. Endi özingiz öylab köring, agar biz rivojlangan mamlakatlar qatoriga qöşilişni istasak, birinçi navbatda tört omilga e'tibor qaratişimiz kerak böladi: suv, energiya, oziq-ovqat ta'minoti va inson salomatligi. Mazkur yönalişlarni rivojlantiriş uçun esa energiya resurslari kerak va bu borada AES qurilişi vaqt çaqiriğiga yagona töğri javob böla oladi.
Mavzuga oid
- Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA) baholariga köra, 2050 yilga borib atom stansiyalari quvvati ikki baravarga, ya'ni 748 GVt’ga oşadi. Siz XAEA tuzilmasida işlagansiz va atom jamiyati vakillari bilan hamkorlik qilib kelasiz. Fikringizça, jahonda atom energetikasi rivoji faollaşuvining sababi nimada?
- Bir neça sababni keltirmoqçiman:
Birinçidan, atom generatsiyasi mavjud barça energiya turlari orasida ekologik jihatdan eng tozasi hisoblanadi va u mamlakat sanoati rivoji uçun zarur bölgan barqaror bazaviy yuklamani ta'minlaydi. Qayta tiklanuvçi energiya manbalari (QTEM) uni töldirişi mumkin, lekin bu funksiyani mustaqil bajara olmaydi, zero QTEM beqaror va u ob-havo şaroitlariga boğliq.
Ikkinçidan, AES 60 yildan 100 yilgaça ekspluatatsiya qilinişi mumkin, ya'ni u rivojlaniş rejasini amalga oşiriş imkonini beruvçi uzoq muddatli va istiqbolli loyihadir. Rivojlangan mamlakatlarda AES xarajatlari 10 yilgaça muddat içida qoplanadi, keyingi 50 yildan ziyod davrda esa sof daromad keltiradi.
Uçinçidan, atom energiyasi arzon va u xomaşyo narxiga u qadar boğliq emas, zero uning umumiy tannarxdagi uluşi 10 foizdan oşmaydi. Şuningdek, Özbekiston atom elektr stansiyalari uçun xomaşyo hisoblangan katta uran zaxirasiga ega.
Har qanday stansiya, har qanday inson faoliyati bir temir qoidaga rioya qilişi zarur – xavfsizlik. Deylik, gipotetik jihatdan quriliş bölayotgan joydan ötib ketayotgan kişining boşiga ğişt tuşişi mumkinligi sababli heç kim qurilişni bekor qilmaydi. Şunçaki xavfsizlik texnikasini kuçaytirişga oid çoralar köriladi. AESda ham xuddi şunday – gap quriş yo qurmaslikda emas, buni qanday amalga oşirişda. AES stansiyada xizmat qiliş böyiça yuqori madaniyat, keng qamrovli va çuqur bilimlarni egallaşni, şu bilan birga, katta mas'uliyatni talab qiladi.
Bugun AES foydasiga tanlovni amalga oşiruvçi mamlakatlar eng yaxşi texnologiyalarni tanlaydi va aksariyat davlatlar Rossiya loyihalarini afzal köradi, zero ular özining kompleks yondaşuvi bilan ajralib, nafaqat loyihalaştiriş va quriliş, balki kadrlarni tayyorlaş hamda infratuzilmani rivojlantirişda ham yordam berişni közda tutadi. Bundan taşqari, bu loyihalar referent, ya'ni ularning Rossiyada faoliyat yuritayotgan hamda özining işonçli va xavfsizligini isbotlagan muqobillari bor. Özbekistonda «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda quriladigan AES atom elektr stansiyalari qurilişidagi eng sönggi yutuqlarga asoslanadi. Bu 9 balli zilzilaga doş bera oluvçi obekt bölib, u barça taşqi ta'sirlardan himoyani ta'minlaydi. Uşbu AES 20 dan ortiq xavfsizlik tizimiga ega bölib, ularning har biri bir-biridan mustaqil ravişda işlaydi. Biror kişi, hatto qasddan bölsa-da, reaktor rejim tartibini işdan çiqara olmaydi. Zamonaviy atom elektr stansiyasi şundayki, unda inson omili butunlay çiqarib taşlanadi!
- Internet hamjamiyatida Özbekiston atom energetikasidan voz keçib, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişi kerakligiga doir bahs-munozaralar köp kuzatilmoqda, bunga qanday javob bergan bölardingiz?
- Bugunga kelib butun dunyoda 60 ga yaqin reaktor qurilmoqda. Bunda Osiyo mamlakatlari yetakçilik qiladi. Masalan, Xitoyda 2030 yilgaça 34 ta AES qurilişi rejalaştirilmoqda. Pokiston yaqin vaqt içida AESda işlab çiqariluvçi elektr energiyasi umumiy quvvatini 40 GVt’ga yetkazmoqçi. Taqqoslaş uçun aytaman, respublikamizda örnatilgan quvvatning barçasi 14 GVt’dan oşmaydi. Bugungi kunda Hindiston, Yaponiya, Bangladeş, Finlyandiya, Vengriya, Slovakiya atom elektr stansiyalarini qurmoqda, Bolgariya yana bir AES qurilişi imkonini örganmoqda. Bizdan-da seysmik jihatdan xavfli hududda joylaşgan +*Turkiya SSER-1200 reaktorli tört blok qurmoqda. Eng qiziği, neft-gaz hamda quyoşli kunlarga boy Birlaşgan Arab Amirliklaridek davlat har biri 1200 MVt keladigan 4 yadroviy blokni intensiv ravişda qurmoqda.
Gap şundaki, qazib olinuvçi uglevodorodlar, qançalik hamyonbop va jozibali bölmasin, tugaş tendensiyasiga ega va buni hamma tuşunadi. Bundan taşqari, ulardan foydalaniş atrof-muhitni ifloslantiradi va issiqxona gazlari çiqarilişiga turtki beradi, insoniyat esa bugun sayyoradagi iqlim özgarişlaridan jiddiy xavotirda va şu bois global isişni töxtatiş harakatida. Qayta tiklanuvçi energiya manbalari haqida sözlasak, ha, quyoş energetikasi şiddat bilan rivojlanmoqda, biroq hozirça u katta energetika darajasiga yetgani yöq. Nima uçun? Birinçidan, quyoş energiyasining narxi juda qimmat. Ikkinçidan, xizmat körsatiş qimmatga tuşadi va juda murakkab. Uçinçidan, xizmat muddati katta emas. Törtinçidan, biror seriyali loyiha yöq – deyarli barça işlar tajriba darajasida olib boriladi. Bugungi kunda birorta özini hurmat qiluvçi kompaniya quyoş elektr stansiyalari uçun 20 yildan ortiq kafolat bermaydi. Bundan taşqari, 1 GVt quyoş elektr stansiyasi 60 kvadrat kilometrdan ortiq maydon degani. Quyoş panellari bilan ta'minlangan ulkan maydonni tasavvur qilib köring-a, ularni nazorat qiliş, ta'mirlaş, boz ustiga bizning şaroitlarda muntazam ravişda çang va tuzdan tozalaş kerak... Tabiat tomonidan belgilangan yana bir raqamni yodda tutiş kerak – elektr energiyasiga aylantiriş kerak bölgan va heç ham özgartirib bölmaydigan quyoş doimiyligi, bizning şaroitlarda bu - yer yuzining har kvadrat metriga 600-700 vatt. Bugungi kunga kelib, heç bölmaganda 20 foizga yaqin quyoş nurini elektr energiyasiga aylantira oluvçi biror seriyali quyoş elektr stansiyasi yöq. Çekka hududlar haqida gapirganimizda, ha, u yerlarda mahalliy maqsadlarda quyoş energetikasidan foydalaniş mumkin. Şuni unutmaslik kerakki, kunning qoronğu qismi va ayniqsa tungi vaqtda bunday stansiyalar elektr energiyasini işlab çiqarmaydi. Hozir quyoş energetikasini arzonlaştiriş va uning samaradorligini oşirişga doir intensiv tadqiqotlar olib borilayotganiga qaramay, u qimmat energiya turiligiça qolmoqda. Öylaşimça, yaqin kelajakda energiyaning bu turi ham keng talabgor böladi.
Şamol energetikasi, öz örnida, maxsus şaroitlarni talab qiladi. Şamol elektr stansiyalari faoliyati uçun eng optimal şamol tezligi – taxminan soniyasiga 5-7 metr, bunda şamol tezligi doimiyligi va yönalişi juda muhim. Şunday ekan, şamol elektr stansiyalari ham ob-havo şaroitlariga boğliq va yetarliça qimmat. Ta'kidlaş joizki, şamol elektr stansiyalari talaygina bölgan Yevropa sönggi 2 yilda şamol oqimi va tezligi özgarişi bilan boğliq katta muammolarga duç kelmoqda, bu faqatgina qayta tiklanuvçi energiya manbalarining öziga işonib qolmaslik kerakligiga yaqqol misoldir. Yana şuni qöşimça qilmoqçimanki, QTEM haqiga gap ketganda, Özbekiston hududida bugunga qadar katta kölamda energiya berişi mumkin bölgan jiddiy geotermal manbalar topilmagan (masalan, Islandiyadagi kabi). Bir energiya turi ikkinçisini siqib çiqarmaydi – energiya manbalarini diversifikatsiyalaş zarur, biroq katta energetika haqida gapiradigan bölsak, hozirça atom elektr stansiyasining muqobili yöq.
- Yaqinda Germaniyada Yevropa va AQŞ ekologik taşkilotlari taşabbusi bilan AESni qöllab-quvvatlovçi aksiya bölib ötdi. Nima uçun ekologlar Yevropada AESning yopilişiga qarşi çiqiş qilişmoqda?
- Sönggi vaqtlarda Belgiya, Polşa, Germaniya va umuman butun Yevropa böylab “yaşillar” namoyişlari bölib ötmoqda, ular kömirdan olinadigan elektr energiyasini butunlay taqiqlaş hamda gaz va neft mahsulotlarini yoqişni qisqartirişni talab qilişmoqda. Atmosferaga çiquvçi zararli çiqindilarning katta qismi esa aynan issiqlik elektr stansiyalari (IES)dan kelib çiqadi. Yevropada AESdan töliq voz keçiş yöq. Qator mamlakatlarda eski reaktorlarni yopiş va rejali ravişda “yaşil energetika”ga ötişga doir dasturlar qabul qilingan. Biroq reaktorlarni töxtatiş kerak yoki yöqligiga oid munozaralar davom etmoqda. Masalan, Germaniyada QTEMga ötildi, ammo buning natijasida aholi elektr energiyasi uçun tört baravar köp pul tölamoqda, zero elektr energiyasi Fransiyadan import qilinmoqda va bu energiya ham AESda işlab çiqilgan. Hozir esa atom energetikasini qayta tiklaş uçun butun boşli harakat yuzaga keldi. Ekologlar atom stansiyalari yopilişiga qarşi çiqişdi, çunki zamonaviy AES, umuman olganda, atrof-muhitga heç qanday ziyon yetkazmaydi. Lekin men yuqorida sanab ötgan qator ijobiy tomonlari bor. Şu bois gigavattlar darajasidagi katta energetika haqida gap ketganda, butun dunyo ekologik tozalik, işonçlilik va uzoq xizmat muddati hisobiga atom elektr stansiyasining muqobilini körayotgani yöq.
- Atom energetikasi global isiş xavfiga qarşi kuraşda, jumladan, Parij iqlim kelişuvi kontekstida qanday rol öynaydi?
- AES faoliyati atmosferaga karbonat dioksidi çiqişi oldini oladi va aynan şuning uçun u “yaşil” energetikaga mansub. 2017 yilning aprelida Özbekiston iqlim böyiça Parij kelişuvini imzoladi, şu yilning 2 oktyabrida esa Prezident “Parij kelişuvini ratifikatsiya qiliş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Mamlakatimizning Parij kelişuviga qöşilişi natijasida biz 2050 yilga borib havo haroratining 1,5 darajadan ortiq isişi oldini olişga oid çoralar qabul qiliş majburiyatini öz zimmamizga olganmiz. Bu maqsadga esa AESsiz erişib bölmaydi hisob. Masalan, agar amaldagi barça AESning quvvati kömir va gaz manbalari hisobiga ta'minlanganida edi, atmosferaga har yili qöşimça 2 milliard tonna karbonat dioksidi çiqar edi. Ayni damda butun dunyo böylab qurilayotgan yangi atom elektr stansiyalarining işga tuşişi esa atmosferaga kötariladigan zararli moddalar miqdorini sezilarli darajada qisqartirişga yordam beradi.
Radiatsiya haqida gapiradigan bölsak, XVI-XVII asrlarning buyuk mutafakkiri Frensis Bekon aytganidek: “Bilim – bu kuç demak”. Bunga “Bilimsizlik esa jaholatdir”, deya qöşimça qilgan bölar edim. Insoniyatning köp fojialari aynan bilimsizlik, jaholat natijasida kelib çiqadi. Masalan, Fransiyada elektr energiyasining deyarli 80 foizi AESda işlab çiqariladi, ularning aksariyati yirik aholi punktlaridan u qadar uzoq emas. AQŞda 48 reaktorning ekspluatatsiyasi litsenziyasi 60 yildan 80 yilgaça uzaytirildi. Barça AESlardagi radiatsiyalar töliq nazorat ostida va reaktor bakining himoya qobiğidan taşqariga çiqmaydi, AES atrofidagi radiatsion fon esa me'yordan taşqariga çiqmaydi.
Ta'kidlaş joizki, “tabiiy radiatsiya” degan tuşunça mavjud. Usiz biror tirik organizm yaşay olmaydi! 3,5 milliard yil davomida organik hayot evolyutsiyasi va xususan, inson organizmi evolyutsiyasi 3-6 million yil mobaynida tabiiy radiatsiya şaroitlarida ötgan. Radiatsiyasiz biror galaktika yoki sayyora yöq, barçasi radiatsiyaga tölgan. Radiatsiyaning belgilangan me'yorlardan taşqariga çiqişi esa boşqa gap. Biz bu bilan ham işlaşni bilamiz, nazorat qila olamiz. Qörquvga hojat yöq. Nima uçun boşqa mamlakatlar qörqmaydi?
Suhbatga yakun yasagan holda, şuni ta'kidlamoqçimanki, energiyaning barça turlari yaxşi. Biroq biz rivojlangan mamlakatlar qatoriga qöşilişni istar ekanmiz, hozirça atom energetikasining muqobili yöq!
Ma'lumot uçun: Behzod Yöldoşev – Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, professor, yadroviy fizika va elementar zarraçalar fizikasi olimi. 1968 yilda Toşkent davlat universitetining fizika fakultetini a'lo baholarga tugallagan, Dubna (Rossiya)dagi Birlaşgan yadroviy tadqiqotlar instituti bazasida diplom işini bajariş uçun Moskva davlat universitetiga yöllangan, mazkur institut tarixidagi eng yoş tajribaçi-fan nomzodi hisoblanadi. 36 yoşida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi ÖzSSSR Davlat mukofoti sovrindori. Amerika fiziklar jamiyati a'zosi, Indiana universiteti (AQŞ) hamda Kembrij universiteti (Angliya) hurmatli doktori, Islom olami mamlakatlari akademiyasi akademigi va Birlaşgan yadroviy tadqiqotlar instituti hurmatli doktori, xalqaro YeSO mukofoti sovrindori. Behzod Yöldoşev 5 yildan ortiq vaqt davomida AQŞda faoliyat yuritgan, u yerdagi turli yadroviy markazlarda tajribalar ötkazgan. 4 yil davomida Xalqaro atom energetikasi agentligida ilmiy maslahatçi sifatida işlagan. XAEAdagi faoliyati davomida u yadroviy xavfsizlik va yangi turdagi yadroviy reaktorlarni yaratişga oid atom loyihalariga rahbarlik qilgan.