Lenovo Lenovo Z5 Pro slayder-smarçfonning yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilingan.
Smarçfon dunyoda birinçi bölib 12 GB operativ xotira va eng yangi Snapdragon 855 protsessoriga ega böldi, deb yozmoqda Ferra.

Ekran pastga surilib, frontal kameradan foydalaniş imkonini yaratadi. Smarçfon old panelning 95 foizini egallaydigan, Full HD+ (2340×1080 piksel) kengligiga ega 6,39-dyuymli Super AMOLED-displey, 24+16 Mp ikkita asosiy kamera, 16+8 Mp ikkita frontal kamera bilan jihozlanadi. Barmoq izlari skaneri ekran tagiga örnatilgan.
Akkumulyator quvvati 3350 mAs. Ikkita SIM-karta işlaşi mumkin, şuningdek, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5, GPS + GLONASS, NFC, USB Type-C porti bor.
Lenovo Z5 Pro GT Xitoyda yanvar oyida sotuvga çiqariladi. Narxlari - 6+128 GB versiya uçun 391 dollar, 8+128 GB uçun 434 dollar, 8+256 GB uçun 492 dollar va 12+512 GB uçun 635 dollar.

















