Özbekiston çempionatida «Navbahor», «Buxoro» kabi klublar mavsumning birinçi yarmida yetakçilar qatorida yurişdi, Osiyo çempionlar ligasi yöllanmasi uçun kuraşayotgandek körinişgandi, deyiş ham mumkin. Ammo keyinçalik, «Navbahor» safar öyinlarida oçko olişni yiğiştirdi, «Buxoro» esa, umuman kuraşdan çiqdi. Hammaning köz öngida göyoki OÇL uçun loyiqroq, kuçliroq, baquvvatroq sanalgan «Lokomotiv» va «Paxtakor» uloqni ilib ketişdi.

Tabiiy holat, hamma buni xuddi şunday qabul qiladi. Balki Buxorodayam heç kim «soçini yulmagan», ha endi, «Paxtakor» kuçli-da, deb qöya qolişgandir. «Navbahor» ham öziga özi şunaqa degandir balki. Mavsum tugamasidan murabbiy almaştirilişi baribir, vaziyatni önglaş emas, balki Möminjonov bilan boğliq maşmaşalar, şuningdek, kelasi mavsum uçun qöyilgan qadam edi, desak töğriroq böladi. 

Bir narsaga hayron qolaman, terma jamoamiz Janubiy Koreyaga yutqazsa, Erondan ortda qolsa, tabiiy qabul qila olmaymiz. Yutqazganimiz tabiiy holatku, Janubiy Koreya termasi futbolçilarining yarmi bundesligada öynaydi, Yaponiyaning butun tarkibi Yevropada yuribdi, Eron milliy çempionati kuçli, deb heç kim aytmaydi. Ularda imkoniyat yuqori-da, bizning darajasiz şu axir, Osiyoda kuçli oltilikka kirdik-ku, demaymiz. «Nega yutqazdik?», «Ey voh!», «Nima haqqimiz bor edi yutqazişga?» va hokazo.

«Navbahor»ning «Paxtakor»ga boy berişini osonlik bilan, tabiiy tarzda qabul qila olgan aqlimiz nega terma jamoaga kelganda sovuqqon böla olmaydi? Yaxşi savol bu. 

Aynan natija, oldiga qöyiladigan maqsad bobida aksariyat superliga klublarimiz egasizmikin, deb javob bergan bölardim. Jamoalar kimning oldida qizarişi kerak mavsum oxiridagi muvaffaqiyatsizliklar uçun? Muxlislar befarq, klub hisobotlarida esa mavsum juda muvaffaqiyatli keçgani, oldingi yillardan farqli ravişda bu safar OÇL uçun jiddiy kuraşilgani körsatiladi, tamom. 

Befarq deganda, stadionda jamoani qöllab-quvvatlagan, mavsum oxiridagi mağlubiyatlardan aziyat çekkan mahalliy muxlislarni nazarda tutmadim. Yöq. Gap umuman, futbol jamoatçiligi haqida. Masalan, bir ming yetmiş sakkiz muxlisi bölgan «Lokomotiv» bir neça yil oldin oldiga maqsadlar qöydi, bajarilmagaç murabbiyni işdan oldi, har bir gazeta navbati bilan «Lokomotiv»ni tanqid qilib çiqdi, ya'ni, klubga sarflanayotgan pullar bekorga ketyaptimi, jamoa qaysi yönalişda rivojlanmoqda, öz maqsadiga erişdimi yoki yöqmi, şu jihatdan klubga katta mas'uliyat qöyildi, söralyapti, tahlil qilinyapti, töğrimi?

«Paxtakor» bilan ham şu. Şota Arveladze hali ham öz örnida ötirgani bilan, unda ham bosim yuqori. Çempionlikdan boşqa natija unga ham muvaffaqiyatsizlik sanaladi. Muxlislar ham, futbol jamoatçiligi ham ularning natijalari borasida savol beradi.