«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino lavozimini tark etdi. Bu haqda klub saytida rasman ma'lum qilingan.
«Klub Jozega «Mançester Yunayted»dagi faoliyati uçun minnatdorçilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaydi. Tez orada jamoani mavsum oxiriga qadar boşqarib turadigan yangi murabbiy nomi ma'lum qilinadi. Klub yangi boş murabbiy izlaşni boşlagan», — deyiladi «Yunayted» matbuot xizmati xabarida.
Portugaliyalik mutaxassis uçun «qizil iblislar» boşqaruvidagi oxirgi öyin APLning 17-turi doirasida «Liverpul»ga qarşi keçgan va 1:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyin bölib qoldi.
«MYu» joriy mavsumda APLning 17 turidan keyin peşqadam «Liverpul»dan 19 oçko ortda qolgan holda 26 oçko bilan oltinçi örinda joylaşgan. «Mançester Yunayted» ötgan hafta ketma-ket mağlubiyatga uçradi. Dekabr oyidagi 5ta öyinda faqat bir marotaba ğalaba qozonib, ikkitadan mağlubiyat va durang qayd etdi.
Mourino «MYu»ga 2016 yilning mayida boş murabbiy etib tayinlangandi. U 2016/17 yilgi mavsumda jamoa bilan Angliya Ligasi kubogida, Yevropa Ligasida va Angliya Superkubogida zafar quçdi.
Angliya çempionatida esa Mourino boşqaruvidagi «Mançester Yunayted» birinçi mavsumda oltinçi örinni egalladi, 2017/18 yilgi mavsumda ikkinçi böldi.
Mourino murabbiylik faoliyati boşida «Portu» bilan Çempionlar ligasi ğolibi bölgan (2003 yil) va keyin «Çelsi» boş murabbiyiga aylangandi va 4 mavsum işlagandi. Keyin u «Inter» va Madridning «Real» klublarida ham 3 mavsumdan işlab, 2014 yili «Çelsi»ga qaytgandi. U 2016 yilning 17 dekabrida qoniqarsiz natijalar tufayli (bu paytda jamoa APL turnir jadvalida 16-öringa tuşib qolgandi, undan oldingi mavsumda Angliya çempioni bölgani holda) iste'foga çiqarilgandi.
Bundan avvalroq Mirror naşri «MYu» portugaliyalik mutaxassisni iste'foga çiqarsa, kompensatsiya miqdori 27 mln yevroni taşkil etişi töğrisida xabar tarqatgandi.












