Keyingi beş yil içida Yaponiya Tinç okeanining ğarbiy qismida Amerika qöşinlarini qöllab-quvvatlaş uçun stels-texnologiyalar, uzoq masofali raketalar va boşqa uskunalarga ega eng yangi qiruvçilarga xarajatlarni tezlaştiradi. Bu haqda Reuters hukumatning mudofaa böyiça yangi hujjatlariga asosan xabar berdi.
Agentlikning ta'kidlaşiça, bunday rejalar Yaponiyaning mintaqaviy qudratli davlatga aylaniş niyatini aks ettiradi. Şu bilan birga, Xitoy öz harbiy kuçini mustahkamlamoqda, Rossiya esa özining amerikalik ittifoqçisiga ta'sir körsatyapti.
«Qöşma Ştatlar dunyodagi eng qudratli mamlakat bölib qolmoqda, ammo milliy raqobat kuzatilmoqda va biz ham Xitoy, ham Rossiya bilan strategik raqobat muhim ekanini tan olamiz. Ular mintaqaviy tartibga çaqiriq bilan çiqişmoqda», - deyiladi mamlakat boş vaziri Sindzo Abe hukumati tomonidan tasdiqlangan 10 yillik mudofaa rejasida.
Şuningdek, hujjatda qayd etilişiça, sönggi vaqtda Yaponiyaning mudofaa pozitsiyasiga Amerika Qöşma Ştatlari, Xitoy, KXDR va Rossiya kabi davlatlar jiddiy ta'sir körsatdi.
Yaponiya taxminan 4 mlrd dollarga Amerikaning 42ta F-35 qiruvçisini sotib olişni rejalaştirmoqda, bu buyurtma berilgan 42ta samolyotga qöşimça böladi, deyiladi materialda.
Qayd etilişiça, F-35’ni xarid qiliş Yaponiyaga Qöşma Ştatlar bilan savdo uruşidan qoçişga yordam beradi. Xususan, AQŞ prezidenti Donald Tramp yapon avtomobillari importiga bojlar joriy etiş bilan tahdid qilgandi. Keyinçalik Argentinada bölib ötgan sammitda Tramp Abega Amerika qiruvçilari sotib olingani uçun minnatdorçilik bildirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya yangi mudofaa strategiyasini işlab çiqqani, kemalarning bir qismi aviataşuvçilarga aylantirilişi xabar qilingandi.

















