Özbekiston tomoni Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğanining tinçlik masalalari böyiça maslahat kengaşi va tinç muzokaralar böyiça hukumat guruhi tuziş töğrisidagi taşabbusini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Taşqi işlar vazirligidan qayd etişlariça, uşbu qaror köp millatli afğon jamiyatining barça qatlamlari vakillari tinç siyosiy jarayonda keng iştirok etişi uçun imkoniyatlar yaratişi mumkin.
«Özbekiston şundan kelib çiqadiki, Afğonistondagi vaziyatga yeçim topiş Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlaş hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga hissa qöşadi. Özbekiston tomonining taxminiça, Afğoniston barça siyosiy kuçlarni tinçlik jarayoniga jalb qiliş mamlakat asosiy tamoyilga mutlaq rioya etsa - faqat afğonlar va Afğoniston xalqi rahbarligi ostida mamlakatda tinçlik örnatiş böyiça siyosiy jarayon davom etişi kerak - davlatning tinç rivoji ta'minlanadi», - deyiladi TIV xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Afğonistonga borgandi.












