«Ukrkondprom» uyuşmasidan xabar berişlariça, 17 dekabrdan boşlab Özbekiston bojxonasi Ukrainada işlab çiqarilgan tovarlar, şu jumladan, qandolatçilik mahsulotlarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazişni töliq qayta tikladi.
«Şu narsani ma'lum qilmoqçimizki, Özbekiston bozori Ukraina şirinliklari uçun yana qayta oçildi. Eksportçilardan hozirgi vaqtda tovarlar bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilayotgani haqida ma'lumot oldik», - deya ma'lum qildi «Ukrkondprom» prezidenti Aleksandr Baldinyuk.
Uning sözlariga köra, Özbekiston bozori Ukraina qandolat fabrikalari uçun juda muhim, ayniqsa hozir, yangi yil bayrami arafasida.
Uning qayd etişiça, bu davrda Özbekiston bozoriga kiriş imkoniyatining yöq bölib qolgani Ukraina eksportçilariga sezilarli zarar yetkazişi mumkin edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Ukrainadan şakar importini tiklagani xabar berilgandi.
Noyabr oyining örtalaridan boşlab Ukrainadan Özbekistonga yuborilgan şakar va boşqa yuklarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş töxtatilgandi.

















