Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga va “Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun loyihasi tayyorlanmoqda.
Qonun loyihasining maqsadi – qiynoq va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala va jazo turlarining oldini olişda Ombudsmanning rolini kuçaytiriş, qamoqda saqlaş joylarida saqlanayotgan şaxslarning huquqlarini ta'minlaş ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan.
Bu esa Özbekistonda “milliy preventiv mexanizm” institutining joriy etilişini, ya'ni Ombudsman tomonidan doimiy ravişda qamoqda saqlaş joylariga kiriş yöli bilan qiynoq va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala va jazo turlarining oldini oliş çoralari körilişini anglatadi.
Uşbu qonun loyihasida Ombudsman qamoqda saqlaş joylariga kirganida u yerda saqlanayotgan şaxslar soni haqida ma'lumot olişi, ularni saqlaş şaroitini örganişi, qamoqda saqlaş joylaridagi şaxslar bilan xoli uçraşişi, bunday joylarda şaxsni saqlaşning qonuniyligini tasdiqlovçi hujjatlar bilan tanişib çiqişi kabi normalar öz aksini topmoqda. Şuningdek, qamoqda turgan şaxsni tibbiy körikdan ötkazişni talab qilişi, qamoqda saqlaş joylari ma'muriyatining qonunga zid harakati (harakatsizligi)ni oldini oliş böyiça keçiktirib bölmas çoralar körişi, şaxslarni qamoqda saqlaşning şaroiti haqida öz xulosasini tayyorlaşi va uni tegişli organlarga yuborişi hamda qiynoq va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala va jazo turlarining oldini oliş faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan takliflar işlab çiqişi közda tutilmoqda.
Qamoqda saqlaş joylaridan taşqari, şaxsning öz erki bilan tark eta olmaydigan boşqa joylarga ham Ombudsmanning kirib borişi nazarda tutilmoqda. Bunday joylar sirasiga şaxsni sud yoki boşqa vakolatli organ qarori bilan joylaştiriladigan turli internat muassasalari, ijtimoiy xavfli kasalliklarga çalingan şaxslarni davolaş va saqlaş muassasalari, psixiatriya muassasalari va boşqalar kiradi.
Eng asosiysi qonun loyihasida Ombudsmanning uşbu faoliyatiga amaliy kömak beriş uçun nodavlat notijorat taşkilotlari vakillaridan iborat bölgan ekspert guruhi tuzilişi lozimligi haqidagi normani kiritiş rejalaştirilmoqda.
Qolaversa, Ombudsman Kotibiyatida qiynoq va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala va jazo turlarining oldini olişda Ombudsmanga kömaklaşiş şö'basini tuziş nazarda tutilmoqda.












