Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili örinbosari Dmitriy Polyanskiy sözlariga köra, Ukraina Mudofaa vazirligi Kerç böğozidagi voqea böyiça materiallarni maxfiylaştirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Polyanskiyning fikriça, Kerç böğozidagi hodisadan keyin Ukraina «izlarni yöqotişga» harakat qilmoqda va şuning uçun tegişli hujjatlarni maxfiylaştirib qöydi. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Ukraina kemalari Kerç böğoziga Rossiya hududiy dengizi tomonidan kirgan.

«Aftidan, Kiyev eng boşidan barça uçta kemaning ekipajini qurbon keltirişni rejalaştirgan, sababi ularga rossiyalik çegaraçilarga qarata öt oçiş vazifasi qöyilgandi», - dedi Polyanskiy.

Uning ta'kidlaşiça, ukrainalik dengizçilar «soğlom fikrlaşgani sababli» öt oçişmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya AQŞ Ukrainadagi maxfiy operatsiyalar uçun odamlarni jalb qilayotgani haqida ma'lumot bergandi.