AQŞ prezidenti Donald Tramp jamğarmasi Nyu-York sudining jamğarmaga qarşi da'vo arizasini körib çiqişni boşlaş qaroridan keyin öz faoliyatini töxtatişga rozi böldi. Bu haqda Nyu-York boş prokurori Barbara Andervud bayonotida aytilgan.

Iyunda Andervud jamğarmaga qarşi Tramp prezidentlik kampaniyasi bilan noqonuniy siyosiy hamkorlik qiliş va Trampning şaxsiy va işçi manfaatlariga xizmat körsatuvçi bitimlarni amalga oşiriş ayblovi bilan sudga da'vo arizasi bergan. 

Da'vo arizasiga köra, Tramp jamğarmaning xayriya mablağlarini özining yuridik majburiyatlarini uziş, özining mehmonxonalari va boşqa biznesini ilgari suriş, şaxsiy buyumlar sotib oliş uçun” işlatgan. Noyabrda Nyu-York ştati oliy sudi Trampning da'vo arizasini körib çiqişni töxtatiş talabini rad etgan. 

“Tramp jamğarmasi faqatgina sud nazorati bilangina öz faoliyatini töxtata oladi. U qolgan xayriya mablağlarini mening idoram tomonidan tasdiqlangan işonçli taşkilotlar orasida taqsimlay oladi”, deb aytgan boş prokuror.