Özbekiston boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşevning xabar qilişiça, mahkama garajlarni buzib taşlaş bilan boğliq barça şikoyatlarni nazorat ostiga oladi. Bu haqda u çorşanba kuni xalqaro press-klub yiğilişida ma'lum qildi.

Yöldoşevning ta'kidlaşiça, Boş prokuratura mahkamaga kelib tuşayotgan, buzib taşlangan garajlar egalari tomonidan şikoyatlarning ötişi jarayonini tekşiradi.

Şuningdek, uning körsatişiça, garajlar egalari foydasiga çiqarilgan barça sud qarorlari mahalliy hokimiyat tomonidan majburiy bajarilişi kerak.

«Sud davlat organlari faoliyatida yuz bergan u yoki bu qonunbuziliş holatlariga nisbatan öz munosabatini bildirişga vakolatli. Sudning tegişli qarori davlat organlari tomonidan majburiy tarzda körib çiqilişi kerak, prokuratura ham bu holatda istisno emas», - deydi Yöldoşev.

Toşkentda garajlarni ommaviy ravişda buziş 2013 yilda poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonovning qaroriga asosan boşlangan, bu aholi örtasida norozilik keltirib çiqardi. Rasmiylar qaror bekor qilinişigaça 10 mingdan ziyod garajni buzişga ulgurdi. Eslatib ötamiz, öşanda prokuratura protest kiritgan.