Gretsiya va Makedoniya boş vazirlari Aleksis Tsipras va Zoran Zayev nomzodlari 2019 yilgi tinçlik uçun Nobel mukofotiga da'vogarlar sifatida ilgari surildi. Bu haqda 2015 yilda tinçlik uçun Nobel mukofotini olgan Uided Buşamaui ma'lum qildi.
Mahalliy OAVning ma'lum qilişiça, Buşamaui mukofotning sovrindori huquqidan foydalanib va taşabbuskor guruh nomidan Tsipras va Zayev nomzodlari böyiça arizani Oslodagi Nobel qömitasiga yetkazib berdi.
Tsipras va Zayev nomzodlari 20 yildan ortiqroq davom etgan muzokaralardan keyin Skope va Afina örtasida Makedoniyaning Şimoliy Makedoniya Respublikasi deb qayta nomlanişi böyiça kelişuvga erişilgani bilan boğliq holda ilgari surilgan. Nomzodlar nomlari Makedoniya poytaxti Skopedagi FON universitetida tantanali ravişda e'lon qilindi. Nomzodlarning özi marosimda iştirok etmagan.
Gretsiya va Makedoniya iyunda Makedoniyaning nomlanişi böyiça köp yillik bahsni hal qiluvçi hamda Skopega NATO va Yevropa Ittifoqiga kirişga yöl oçuvçi kelişuvni imzolagan. Biroq bu kelişuv Gretsiyada ham, Makedoniyada ham tanqidga uçragan. Kelişuvga köra, Makedoniya nomi “Şimoliy Makedoniyaga” özgartirilişi kerak. Uşbu masala referendumga qöyilgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uçragan – ovoz berişga zarur bölgan 50 foiz saylovçidan 37 foiz saylovçi kelgan. Ovoz berişda iştirok etganlardan 91,5 foizi kelişuv uçun ovoz bergan. Hozirda Makedoniya parlamenti mamlakat nomini özgartiriş böyiça konstitutsiyaga tegişli tuzatmalarni kiritişni körib çiqmoqda. Ular böyiça ovoz beriş 2019 yil boşida ötkazilişi kutilmoqda.












