«Oilaviy qolipli non işlab çiqariş korxonamiz faoliyati töxtaş arafasida. Jizzax şahar hokimligi joriy yilning oktabr, noyabr oylari uçun ajratilişi kerak bölgan unni asossiz töxtatdi. Murojaatimga esa «Qayoqqa borsang bor, yozgan şikoyating özimga kelib tuşadi», degan javobni oldim...».

Kun.uz tahririyatiga jizzaxlik tadbirkor Şirinboy Abdraxmonov tomonidan yöllangan murojaat ana şunday sözlar bilan boşlangan edi. 

Oilaviy tadbirkorlik bilan şuğullanib kelayotgan Şirinboy aka öz murojaatida nohaqlikka duç kelayotgani, korxona faoliyatini töxtatişga majbur bölayotganini bayon qilgandi. 

«2015 yilda yaxşi niyatlar bilan «David Şirin» oilaviy korxonasini taşkil etgandik. Barça işlarimizni qonunda körsatilgan tegişli hujjatlar asosida olib boramiz. Oktabr oyida dislokatsiya asosida ajratiladigan un fondidan berilişi lozim bölgan 3 tonna unni asossiz sabablarga köra ololmadim. Bu haqda Jizzax şahar hokimligining iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantiriş bölimiga murojaat qilganimda, ular ayrim hujjatlarimda kamçilik borligini aytişdi. Tegişli taşkilotlar tomonidan berilgan xulosalarni qaytadan olişim zarur ekan. Garçi, qölimdagi xulosa muddati tugamagan bölsada, men qaytadan uşbu xulosani oldim. Afsuslar bölsinki, menga noyabr oyida ham ajratilişi kerak bölgan unni turli bahonalar bilan berişmadi. Doimiy mijozlarimni yöqotmaslik uçun zarariga bölsa-da, bozordan qopini 125 ming sömdan un sotib olib, iş faoliyatimni davom ettirdim. Menga keyingi oydan un berilişini va'da qilgan Jizzax şahar hokimligi iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantiriş bölim boşliği Rahmatilla Ismoilovga va'dasini eslatganimda ijobiy javob olmadim. Ikki farzandim xorijda ta'lim oladi, har oy ularning ehtiyoji uçun mablağ jönatişim kerak. Hujjatimda biror kamçilik bölmasa-da men sababsiz röyxatdan çiqarildim», deydi Abduraxmonov öz murojaatida.

Tadbirkor suhbat davomida çorasizlikdan bir neça bor huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilganini, ayni kunda bu iş bilan tegişli taşkilotlar şuğullanayotganiga qaramay heç qanday özgariş yöqligini, «yugur-yugur»lar faoliyatiga ta'sir qilayotganini, «keyingi oyda beramiz» degan va'dalardan çarçab, heç kimga işonçi qolmaganini qöşimça qildi. 

Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Jizzax şahar hokimi muovini Baxtiyor Soatov bilan uçraşdik.

«Tadbirkor Şirinboy Abdraxmonovni yaxşi taniyman. Lekin siz aytayotgan  muammodan xabarim yöq, sizga şuni ayta olamanki, bu yerda qandaydir tuşunmovçilik bölgan. Albatta, aybdorlar tegişli jazoni olişadi. Barça hujjatlarni tekşiramiz, asossiz ravişda tadbirkorlarning işi töxtab qolişiga yöl qöymaymiz», deydi muovin.