Bugungi kunda iqtisodiyot rivojlanişi, aholi soni va turmuş darajasining oşişi hisobiga Özbekistonning elektr energiyaga bölgan ehtiyoji oşmoqda. Şu munosabat bilan texnik imkoniyatlarni inobatga olgan holda,  Özbekiston hududida birinçi atom elektr stansiyasi (AES)ni qurişga qaror qilindi. Sönggi ma'lumotlarga köra, mamlakatimizda qurilişi rejalaştirilayotgan atom elektr stansiyasi aynan Novovoronej şahridagi AES  loyihasi asosida böladi. Kun.uz muxbiri Novovoronej AESning 6-energoblokida bölib, qiziqarli ma'lumotlar va suratlar bilan bölişdi.

Video: Youtube

Novovoronej atom elektr stansiyasi (AES) Don daryosi qirğoğida, viloyat markazi hisoblangan Voronej şahridan 51 km masofada joylaşgan. Sanoat maydonidan 3,5 km narida - AES işçilari yaşovçi şahar okrugi - Novovoronej şahri joylaşgan. AES ekpluatatsiyasi yillari davomida 546 milliard kVt/s'dan ziyod elektr energiyasi işlab çiqarilgan.

Novovoronej AES - dunyodagi ilk suv-suvli energetik reaktorli (SSER) sanoat atom stansiyasi, Voronej viloyatining eng yirik elektr energiya işlab çiqaruvçisi. Uşbu AES Voronej viloyati aholisining elektr energiyaga bölgan talabining 90 foizi va Novovoronej şahrining issiqlikka bölgan ehtiyojining 91 foizini qoplaydi.

1964 yilning 30 sentyabrida Novovoronej atom elektr stansiyasi 1-energoblokining işga tuşirilişi bilan  nafaqat sobiq SSSR, balki Şarqiy va Markaziy Yevropaning qator mamlakatlari sanoat atom energetikasi tarixi boşlandi.

Novovoronej maydonida jami olti SSER energobloki ekspluatatsiyaga kiritilgan. 1-energoblok (SSER-210) 1964 yilda, 2-energoblok (SSER-365) 1969 yilda, 3- va 4- energobloklar (SSER-440) 1971 hamda 1972 yillarda, 5-energoblok (SSER-1000) 1980 yilda va 6-energoblok (SSER-1200) 2017 yilda işga tuşirilgan.