Nihoyat Joze Mourino «Mançester Yunayted»dan iste'foga çiqarildi. Avgustdan buyon hamma kutayotgan voqea sodir böldi. Xöş, dunyoning eng yaxşi murabbiylaridan birining navbatdagi iste'fosiga sabab nima? Rostan ham Jozening uslubi eskirdimi?
Van Gaal merosi
Bu Joze Mourino nazdidagi asosiy sabab, ya'ni Mançesterdagi muvaffaqiyatsizliklarga asosiy sabab qaçondir söralsa, Joze ötgan ikki yarim yilini katta ehtimol bilan omadsiz hisoblamaydi va unga taqdim etilgan jamoa bilan eng yaxşi natijalarga erişganini aytadi.
Bir tarafdan töğri hamdir. Jozega sönggi uç yilda yettinçi, törtinçi va beşinçi örinlarni olgan, yagona sovrini Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas»ni qöşimça vaqtdagi gol evaziga yutib qölga kiritgan jamoani qabul qilib olgandi. Tarkibda haqiqiy ma'noda top-futbolçi deb sanalişi mumkin bölgan birorta ham futbolçi bölmagan. Şu nuqtai nazardan, Aguero, Silva, De Bryuyne, Azar kabi futbolçilarga ega bölgan boşqa jamoalar bilan soliştirganda «Mançester Yunayted» ança ğör körinardi.
Töğri, bu vaziyatni önglaş uçun unga yetarliça pul berildi, bir qator yulduz futbolçilar olib kelindi, hozirda maoşlar böyiça «Yunayted» ligada birinçi, tarkibdagi futbolçilarning narxlari böyiça esa, ikkinçi örinni band etgan. Ammo murabbiy özi amalga oşirgan transferlar ketidan katta bosim kelişini ham esdan çiqarmaslik kerak. Ya'ni, murabbiy uçun tayyer, kuçli ijroçilar yiğilgan jamoaga kelib, işlab ketişi ança osonroq keçgan bölardi.
Şuningdek, öyin falsafasi borasida ham Mourinoga yaxşi meros qolmaganini aytiş kerak. Lui van Gaal murabbiy sifatida öz vaqtida Mourinoning ustozi sanalgan bölsa-da, öyin falsafasi, uslubi borasida butkul aksidir. Natijada, Mourino bu borada ham noldan boşlaşga töğri keldi, butunlay boşqa taktika va falsafa ustiga qurilgan va yiğilgan tarkib bilan butunlay boşqaça öynaşga töğri keldi. Lui Mançesterga olib kelgan Depay, Şnayderlin, Roho, Darmiyan, Şou, Errera, Blind va Şvaynştayger kabi futbolçilarning birortasi ham Joze uslubiga tölaqonli tuşib ketmadi. Bu futbolçilarning aksariyati bilan muammolar yuzaga keldi.
Joze bunday şaroitga ilgari tuşmagandi. «Inter»da jamoani qabul qilib olib, Yevropa şohsupasiga kelgan paytgaça bölgan vaqtda unga A Seriyada raqobat qila oladigan raqibning özi yöq edi. «Real»da esa, juda mahoratli va jahon miqyosidagi yulduzlar yiğilgandi.
Pol Pogba
Mavzuga oid
Pogba Mourino iste'foga çiqqan vaqtda Instagramdagi sahifasiga ma'nodor suratini joylaştirdi
Muammolar faqat sobiq murabbiylarning xaridlari bilangina bölmadi, albatta. Yöq, siz kutgandek emas, Jozening iste'fosi aynan Pogba bilan bölgan ziddiyat tufayli röy berdi demoqçi emasman. «Mançester Yunayted»ning an'analari bunday siyosat olib borişga yöl qöymaydi: «qaçon bir futbolçi jamoada murabbiydan ham muhimga aylansa, jamoa tugaydi», – degan edi ser Aleks Fergyuson.
Şunçaki, Mourino Pogba bilan boğliq rejalarda katta xatoga yöl qöydi. Öşa paytda heç kim bunday deya olmagan bölardi. Aqllilik qilmaylik-da, «xato bölib çiqdi» iborasini qöllasak, töğriroq bölardi.
Pol Pogba – superiqtidorli yarimhimoyaçi. Salohiyat jihatidan hatto dunyoning eng yaxşi futbolçilari bilan bellaşa oladi. Ammo Pogba biroz beqaror futbolçi hamdir.
Bu «Yuventus»da bilinmasdi, çunki u Turinda asosiy futbolçi bölmagan. Buffon, Pirlo, Vidal, Teves, Bonuççi kabi futbolçilar tomonidan örnatilgan poydevorning çöqqisi bölgandi xolos Pogba. Ya'ni, fransiyalik bu futbolçi juda çiroyli bezatilgan şirin tortning eng tepasidagi gul bölişi mumkin, xolos. «Mana, bizda mana bunday talantli futbolçi ham bor», deb namoyiş qilinadi, çiroyli fintlar, harakatlar «Yuventus» öyiniga salobat va körkamlik baxş etadi, ammo baribir jamoaning kuçi boşqalarda bölib qolaveradi.
Pogba Mançesterda ham tayyor kuçli jamoaning asosiy yulduzi bölişi mumkin edi, bu yerda ham, hatto Joze qöl ostida ham. Ammo Jozening adaşgan joyi şu böldiki, u Pogbani tayyor jamoa ustiga olib kelmadi, balki uning atrofida yangi jamoa qurmoqçi böldi. Beqaror Pogba atrofida quriladigan jamoa ham bosimlarga doş berolmaydigan va beqaror bölişi tabiiy.
Dastlabki mavsumda bu unça sezilmaganiga ham izoh bor. Ibrahimoviç va Runi asosiy yulduzlar sifatida namoyon bölişar, Pogba şaxsiyat borasida ularning soyasida qolgandi. Öşanda ham ba'zi jurnalistlar, muxlislar Pogbani tanqid qilişar, katta xarajatlar kutilgan samarani bermayotganini aytişar, ammo baribir Zlatan bor joyda asosiy planga çiqiş imkonsiz edi.
Ikkinçi mavsumga kelib, Zlatan va Runi jamoani tark etgaç, asosiy qahramon – Pogba bölib qoldi va jamoa natijalari ham, körsatayotgan öyin ham Pogbaning xarakteridan kelib çiqa boşladi. Şu yilning yanvarida boşlangan ziddiyat, oqibatda, «Liverpul»dek jiddiy raqibga qarşi öyinda soppa-soğ Pogbaning zaxirada qolib ketişi bilan yakunlandi. Öşa keça kamida yangi mavsumni murabbiy va futbolçidan biri «Old Trafford»da boşlamasligi ayon bölgandi.
Mourino Pogba bilan boğliq xatosini, mana şunday katta transferning bosimini öziga ortiqça yuklab olganini tuşungani aniq. Masalan, yaqinda jurnalistlar undan şu yozda 60 million yevroga sotib olinib, maydonga tuşirilmayotgan Fred haqida söraşdi.
«Qaçonki, jamoa himoyada yaxşi öynay boşlasa, Fred kabi kreativ futbolçi bizga yordam berişi mumkin. Hozir uning ham maydonda bölişi muvozanatni buzib qöyadi», – deb javob berdi portugaliyalik murabbiy.
Gvardiolaning «Mançester Siti»si
Köpçilik Mourinoning asosiy ustunligi sifatida top-töqnaşuvlarda, ayniqsa, kubok tizimida natija körsata olişini aytişadi. Aslida biroz boşqaça.
Töğri, Jozening «Portu» va «Inter» bilan qölga kiritgan asosiy yutuqlari aynan kubok tizimidagi bahslarga töğri keladi, uning «Real» bilan «Barselona»ni qanday töxtatgani, «Çelsi» bilan «Liverpul»ni qanday qilib sovrindan mahrum qilganini eslaş mumkin. Lekin aksariyat hollarda, Mourino yaqqol favorit yoki klass jihatidan kuçsizroq bölgan raqiblarga qarşi öyinlarda bor kuçini namoyiş qila oladi.
Favoritlar bilan himoyani mustahkamlaş va raqib xatosini kutiş – bu doim ham öxşamaydi, lekin bir marta mana şunday ğalabaga erişsangiz, natijaga erişilmagan boşqa öyinlar yoddan çiqib ketadi. Kuçsizroq jamoalar bilan esa, taktik «öyinlar» bilan raqibning eng kuçli jihatlariga zarba beriş orqali qurolsizlantiriş Jozening asosiy ustunligidir. Çunki, kuçsizroq jamoalarning asosiy qurollari kam böladi, raqib aynan öşa qurollar bilan öynaşga majbur – buni oldindan biladigan Mourino esa osonlik bilan raqib öyinini buzadi. Öşa «Monako»ga qarşi 2003 yilgi YeÇL finali yoki 2017 yili «Ayaks» bilan Yevropa Ligasi finali murabbiy Mourinoni tölaqonli namoyiş qilgan öyinlardir.
Haqiqiy tengma-teng top öyinlarda esa, köpinça Mourino «qörqoq» taktikaga suyanib qoladi. Bu yerda raqibning asosiy qurollariga urğu beriş xavfli, çunki raqib ham alohida öyinga biroz boşqaça yönaliş tanlaşi mumkin. «Çelsi» bilan «Atletiko»ga qarşi ötgan yarim finalni eslaş mumkin, masalan.
Şuning uçun, Mourino davraviy turnirlarda sirtdan kuraşni afzal köradi. Ya'ni, Joze jamoalari kuçsiz jamoalar bilan öyinlarda kamroq xatoga yöl qöyib, barqaror oçko oliş evaziga, turnir jadvalini boşqaradi. Özaro öyinlarda uning jamoasi raqibidan yaqqol kuçsiz körinişi mumkin, ammo masofada Joze ustun kelaveradi.
«Çelsi», «Inter» va «Real» bilan çempionlikka erişgan mavsumlarida ham bir xil ssenariy keçgan – dastlabki turlardan peşqadamlikni qölga olgan Joze jamoasi ustunlikni boy bermagan ekan. Yaqinda şunga öxşaş statistika ham çiqdi – barça mavsumlarda Joze jamoasi 12-turdan keyin neçinçi örinda borgan bölsa, mavsumni ham öşa örinda yakunlagan ekan.
Şu tufayli, reja böyiça Mourinoning çempionlik davriga yengilmas «Mançester Siti»ning töğri kelib qolişi murabbiyning muammolaridan biri böldi. Ötgan yili «MYu» mavsumni çempionlarga xos boşladi, dastlabki 8 öyinda 6 ğalaba, atigi 2 gol ötkazib yuborildi. Bu tempda boşqa yillarda bemalol çempion böliş ham mumkin edi. Ammo Gvardiola jamoasi ham tarixdagi eng yaxşi mavsumlaridan birini ötkazayotgandi.
Töğri, balki ötgan yilgi çempionlik ham bugungi Jozeni qutqara olmas, iste'fo sodir bölardi. Ammo uning Mançesterdagi faoliyatini bu qadar muvaffaqiyatsiz deb baholamayotgan, Jozening özi esa, ommaga tört barmoğini körsatib, «Old Trafford»ni mağrur tark etayotgan bölardi.
Jozibasiz futbol va noqulay taktika
Fabio Kapello 2007 yilda «Real»ni çempionga aylantirgandan keyin ham iste'foga çiqarilgandi. Katta ehtimol bilan, agar Joze «Old Trafford»ga bir qator sovrinlarni olib kelgan taqdirda ham, avvaliga hamma xursand bölar, keyin baribir, zerikib, undan voz keçişardi. «Mançester Yunayted»ga bunday futbol yaraşmaydi.
Qiziği, Joze Mourino APLda 6-örinni olgan ilk mavsumida emas, ötgan yili, 2-örinni olgan yili köproq tanqid qilindi. Dastlabki yili, natija bölmayotgan, duranglar girdobiga öralaşgan paytlarda ham, Mxitaryan, Mata, Ibrahimoviç, Runi, Pogba kabi futbolçilar jozibali futbol namoyiş eta olişgandi. Mourino Mançesterda özining oldingi jamoalaridan farqli bölgan kreativ futbol qurayotganiga işora edi göyo.
Ammo keyingi mavsum unday bölib çiqmadi. Haqiqiy vazifa qöyildi hamki, eski Jozeni kördik. Romelu Lukaku – Mourinoning hujumni taşkil qilişini ifoda etuvçi figura. Kuçli, baquvvat, foydali, juda köp gol urişi mumkin, ammo töpni yaxşi töxtata olmaydi, juda xunuk dribling qiladi, urayotgan gollarini ham roliklarga qöyib bölmaydi. Erinmasangiz, «MYu»ning 2016/17 va 2017/18 yillardagi gollarini taqqoslab köring. Estetik jihatdan yer bilan osmonça farq bor.
Mourino taktikasi ayniqsa, yulduz, ijroçi futbolçilarga noqulay ekanini ham ta'kidlaş joiz. Bu ham futbolçilardan katta kuç talab qiladigan jihat.
Mourino hujumni taşkil qilişda asosan raqib tomonidagi böş zonalardan foydalanişni «yaxşi köradi». Şu tufaylidir balki, raqibning ham aynan şu qopqoniga tuşib qolişdan juda qörqadi. Oqibatda u şogirdlaridan doimiy ravişda töpga nisbatan öz tomonida jamlanişni talab qiladi. Yuqori pressing, yuqori himoyalanişda deyarli qöllamaydi. Bu nima degani?
Misol uçun, doimo yuqori pressing qöllaydigan Klopp yoki Gvardiolani olaylik. Ularning jamoasidagi sönggi himoyaçi raqib darvozasiga ança yaqin joylaşgani uçun, eng oldindagi hujumçi va sönggi himoyaçi orasidagi masofa juda qisqa. Hatto Gvardiola «Barselona»da bu masofani 20-25 metrgaça qisqartira olgan. Buning natijasida, birinçidan, qisqa masofadagi zonada 10 futbolçi joylaşgan jamoa pressing qilganda, töpni olib qöyiş oson keçadi. Ikkinçidan, eng oldingi hujumçi ham, orqaga qaytib, himoyaçiga aylaniş uçun uzoği bilan öşa 20 metrni bosib ötsa kifoya.
Mançesterda esa, jamoa juda past himoyada öynaşi tufayli, bu masofa juda katta, Lukakuni qöying, hatto öşa Pogba orqaga qaytiş uçun ba'zida 50 metr yugurişiga töğri keladi. Şuning uçun ham, ayniqsa top öyinlarda konkret futbolçilarning xatosi, töpga ulgurmay qolgani namoyon bölib qolaveradi. Öz vaqtida Şou, Pogba, Marsiyal kabi futbolçilar bu borada murabbiyning jiddiy e'tiroziga sabab bölişdi. Gap faqat bu futbolçilarning intizomsizliklarida emas, mos taktikada, ular ham juda foydali bölişlari mumkin.
Natijada, Mourino öyinga bir paytning özida bir neça mana şunday «intizomsiz» futbolçilarni qöyişga «qörqadi». Aynan töpsiz intizom faktori yordamida tanlangan tarkib esa, Yang, Errera, Fellayni kabi futbolçilardan iborat bölib, öyin sifatini keskin tuşirib yuboradi. Natijada, Mourino oldida, ayniqsa, top öyinlarda dilemma yuzaga keladi: agar saviyali va yulduz futbolçilar bilan öynay desa, ular belgilangan taktikaga mos bölmaganliklari tufayli, samarasiz bölib qolişadi, himoyada ulgurişmaydi. Intizomni birinçi öringa olib çiqib, tarkib tanlanganda esa, jamoa hujumni taşkil qilişda muammolarga uçraydi.
Bu farq bu mavsumdagi top öyinlarda yaqqol körindi. Mourinoning haqiqiy top öyini faqat «Tottenhem» (0:3) bilan öyinda körindi, faqat şu öyinda jamoa taşabbusni öz qöliga olib öynadi. Boşqa öyinlarda, hatto yaxşi natijaga erişilgan «Çelsi» va «Yuventus»ga qarşi safar öyinlarida ham, aslida öyin sifatida ijobiy jihat közga taşlanmagandi.
Omadsiz transferlar va Ed Vudvord
Joze Mourino, Ed Vudvord va Bobbi Çarlton
Foto: AFP
Bu yozda Mourinoga hatto öz vaqtida David Moyyesga körsatilgan madad ham bölmadi. Har xolda Vudvord öşanda Moyyesni deb goh Kroos, goh Fabregas ortidan yugurgan, hatto Tiago Alkantara bir oyoği bilan «Old Trafford»ga kelib qolgandi.
Bu safar unday bölmadi. Murabbiy juda ham qattiq xohlagan ba'zi futbolçilar ustida arzimas 5-10 million yevroga ham talaşildi va transferlar barbod böldi. 18 oçkolik farq bilan çempionlikka erişgan «Siti» Riyoz Mahrez uçun katta pul berayotgan bir paytda, «Mançester Yunayted» faqat Fred va qariya darvozabon bilan kifoyalandi.
Albatta, gap faqat pulda emas. Aslida yaxşi futbolçini payqaş böyiça usta bölgan Mourinoning Mançesterdagi transferlari omadsizlikka uçramoqda. Himoyaga olib kelingan Lindelof va Bayi hali ham asosiy kuçga aylanişmadi. Mxitaryan Sançesga almaştirib yuborildi. Pogba bilan Mourinoning özida muammolar yuzaga keldi. Lukaku va Matiçga ham savollar bor. Natijada, Mourino «Old Trafford»ga olib kelgan 10 futbolçidan birortasi ham bugungi kunda asosiy tarkibning almaştirib bölmas futbolçisiga aylanmadi. Himoyada esa, hali ham Fergyuson davrida sotib olgan Smolling, Yang, Valensiya kabi futbolçilar töp surmoqda.
«Tottenhem» va «Liverpul» yetakçi futbolçilarni sotib ham, arzonga olingan yoki akademiyadan çiqqan Tripe, Devis, Roberston, Aleksandr Arnold, Gomes kabi futbolçilardan top yasayotgan bir paytda, Angliyada yetakçilardan biri bölgan «MYu» akademiyasi samarasiz bölib qoldi. Fosu-Mensa, Perreyra kabi futbolçilarning kelajagi mavhum.
Vudvord Alderveyreld yoki Maguayr transferlarini paysalga solayotganda aynan Klopp yoki Poçettino amalga oşirayotgan işlar, va albatta, Bayi, Lindelof kabi hali oqibati noma'lum transferlarni ham rökaç qilgan bölişi haqiqatga yaqin.
Albatta, bu yerda faqat murabbiyni emas, klub tomonidan sönggi yillarda tanlangan marketing yönalişini ayblaş mumkin. Ba'zi transferlarga futboldan köra moliyaviy faktor köproq ahamiyat kasb etganini köriş qiyin emas. Zlatan, Mxitaryan, Pogba kabi transferlar butunlay Mourinoning loyihasi deb aytiş ham hato bölardi.
Aynan şu jihatga «MYu» rahbariyati ham e'tibor qaratgani va murabbiyning iste'fosi uçun katta turtki bölganini seziş qiyin emas. Misol uçun, iste'fodan söng, «MYu» ning keyingi siyosat yönalişi özgarişi haqida xabarlar çiqdi – aytilişiça, endi jamoa «Tottenhem» va «Liverpul» yölidan boradi, qimmatbaho va yulduz futbolçilarni jalb qilişga urinmaydi, aksinça, foydali va yoş iqtidorlarga suyanadi.
Xulosa
Joze Mourino işdan böşatilgandan keyin «MYu»ning Karringtondagi qarorgohini tark etmoqda
Foto: SkySports
Mavsum yarmiga ham yetmay sodir bölgan ikkinçi iste'fo Mourinoning kar'yerasiga jiddiy ta'sir qilişi şubhasiz. Aksariyat top-klublarda hozirda yaxşi işlayotgan öz murabbiylari mavjudligini e'tiborga olsak, uning navbatdagi şov-şuvli tayinlanişi ham dargumon. Katta ehtimol bilan endi Joze hali ham özi qadrlanadigan va yaxşi xotiralar bilan qabul qilişga tayyor turgan klubga ötişi maqsadga muvofiq. Esingizda bölsa, «Real»dagi janjalli yakundan söng, «Çelsi»ga qaytiş Mourino faoliyatida yangi qadam bölgandi. Bugun şu işni «Inter» amalga oşirişi mumkin. YeÇLdagi muvaffaqiyatsizlik, dahşatli «Yuventus» tufayli içki çempionatda ham bosim kamroq. Öyin uslubi jihatidan ham Joze italiyaliklarni zeriktirmasa kerak. Nafaqat öyin borasida, ambitsiya nuqtai nazaridan ham «Yuventus» bilan raqobat qiliş uçun yaxşi qadam bölardi milanliklar uçun. Yoki «Portu»...
Joze Mourinoning «Old Trafford»dagi faoliyatini esa, bir söz bilan ifodalaş qiyin. Yaxşi öyinlar, sovrinlar va uning uçinçi mavsumi uçun an'anaga aylangan salbiy voqealar, ziddiyatlar ham sodir böldi. Jamoa öz tarixida ilk bor Yevropa Ligasini yutib oldi. Fergyuson davridan keyin ilk bor 2-örinni egalladi. Jamoa uçun belgilangan planka oşdi, heç bölmasa, mavsum boşlarida çempionlikka da'vogar sifatida tilga ola boşladilar. Bu yaxşi.
Yana bir eng muhim jihat bor. Aleks Fergyuson «MYu»ning «otasi» edi, bu yerda menejyer ham, sport direktori ham, murabbiy ham, yölboşçi ham aynan u sanaladi. Fergyuson ketgaç, klubda rivojlaniş kursini belgilaş, vazifalar uçun mos va işlaydigan tizimni joriy qilişda oqsaşlar kuzatila boşladi. Juda köp narsani murabbiy zimmasiga yuklab qöyişga odatlangan klub işlaş prinsiplarida özgarişlar qiliş davri kelganini anglamay kelayotgandi. Maşhur murabbiy, bir qator yudduz futbolçilar va transferlar uçun katta pul bilan har qanday muammoni yeçiş mumkin, istalgan paytda ilgarigi darajaga qaytiş mumkinligiga işonib qolişgandi.
Endi mana, eng maşhur murabbiy ham olib kelindi, ança pul sarflandi – natijadan esa darak yöq. Bu yöldan öz vaqtida yurib körgan boşqa klublar allaqaçon oldinlab ketgan, skautlar bilan işlaş, futbolni boşqariş, vazifalar va munosabatlar borasida natijaga erişib bölişdi.
Mourino davri rahbariyatga aynan şu jihatdagi muammolarni, ya'ni haqiqiy jamoa-oila quriş aslida boşqa qadriyatlar ortida ekanini tuşuntirib bera olgan bölsa ne ajab. Boşqa yöl bilan natijaga erişiş imkonsiz. Ayniqsa, «Old Trafford»da...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi