15:20 / 19.12.2018
3893

Mutko Rossiya futboli rahbarligidan butunlay ketdi. U o‘tgan yili doping mojarosi tufayli yarim yilga iste'foga chiqqandi

Foto RIA «Novosti»

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosarlaridan biri, Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko lavozimini tark etdi. Uning o‘rnida Rossiya Futbol Premer-ligasi rahbari Sergey Pryadkin vaqtincha rahbar sifatida ish boshlagan.

Mutkoning o‘rniga asosiy nomzodlar «Zenit» klubi direktorlar kengashi raisi Aleksandr Dyukov va «Rossiya 2018» tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin bo‘lib turibdi.

2017 yilning dekabrida Mutko doping mojarosi tufayli FIFA talabi bilan yarim yil muddatga o‘z lavozimini tark etgandi. Ammo u Rossiya mezbonligidagi jahon chempionati arafasida yana ishga qaytgandi.

O‘tgan yil oxirida yuzaga kelgan «doping inqirozi» — Rossiya Olimpiya qo‘mitasi va rossiyalik sportchilar 2018 yilgi qishki olimpiadadan chetlatilishi bo‘lgandi. O‘shanda rossiyalik bir necha sportchida doping aniqlanganidan keyin rossiyalik sportchilar turnirda Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etishi taqiqlangandi. O‘shanda Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko va boshqa sport amaldorlari umrbod Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilgan.

Mavzuga oid
Top