«Mançester Yunayted» rahbariyati sobiq futbolçisi Ole-Gunnar Sulşerni jamoaning yangi boş murabbiyi sifatida e'lon qildi.
Klub rasmiy saytida xabar qilinişiça, 45 yoşli norvegiyalik mutaxassis jamoani mavsum oxirigaça boşqarib turadi.
Sulşer «MYu» safida 1996 yildan 2007 yilgaça töp surgan va 366 öyinda 126 gol urgan. U jamoa bilan jami 12ta sovrin qölga kiritgan, şu jumladan 6 marta Angliya çempioni, bir marta YeÇL ğolibi bölgan.
U murabbiylik faoliyatini «MYu»ning örinbosarlar tarkibini şuğullantirişdan boşlagan, 2008 yildan 2011 yilgaça Mançesterda işlagan, 2011 yili esa Norvegiyaga qaytib, «Molde» boşqaruvini qölga olgandi. U 2014 yili Çempionşipda «Kardiff» murabbiyi sifatida işladi va jamoani 30 uçraşuvda maydonga boşlab tuşdi, keyin yana Norvegiyaga qaytib «Molde»da faoliyatini davom ettirdi.
Norveg mutaxassisiga 56 yoşli Mayk Felan assistent sifatida tayinlanadi. U Aleks Fergyuson davrida ham uzoq yillar uşbu lavozimda işlagan. Murabbiylar ştabidan, şuningdek, Maykl Kerrik va Kiran MakKenna ham joy oladi.
Eslatib ötamiz, 18 dekabr kuni «Mançester Yunayted» Joze Mourinoni qoniqarsiz natijalar tufayli işdan böşatdi. Jamoa APL joriy mavsumida 17 turdan keyin 26 oçko jamğargan holda turnir jadvalida 6-örinda joylaşgan. Çempionlar ligasining 1/8 finalida inglizlar «PSJ» bilan bahslaşadi.
Dastlab Mourinoning örniga jamoani mavsum oxirigaça Maykl Kerrik boşqarib turişi ma'lum qilingandi.
Keyinroq klub matbuot xizmatida vaqtinça murabbiy sifatida boşqa bir sobiq futbolçi Ole-Gunnar Sulşer tanlangani haqida xabar berildi. Ammo tez ötmay bu xabar öçirib yuborilgandi.












