Dunyoda hali o‘rganilmagan yana ko‘p narsa bor. Masalan, ayiq qarindoshligi jihatidan kimga ko‘proq yaqinroq: sirtlongami yoki itga? Amerikaning Vayoming shtatida nechta eskalator bor? Atrofimizdagi voqealardan xabardor bo‘lish uchun reddit foydalanuvchilari qiziqarli faktlarni to‘plab, bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar. Ayrim hollarda internetda aytilayotgan fikrlarga ishongingiz ham kelmaydi.
Ana shunday faktlardan 13 ta eng qizig‘ini e'tiboringizga havola qilamiz.

Gizadagi piramidalar Yerda mamontlar bo‘lgan vaqtda qurilgan
Olimlar jami majmua miloddan avvalgi XXVI va XXIII asrlar oralig‘ida qurilgani haqida aytishadi. Mamontlar esa 1,6 million yil avval paydo bo‘lgan va eramizdan avvalgi X asrga kelib batamom qirilib ketgan. Bu esa Xeops o‘z nomiga atab qurilgan piramidani ko‘rib xursand bo‘lgan bir vaqtda bir necha ming kilometr uzoqlikda ajdodlarimiz ulkan jonzotlardan qo‘rquvda kun kechirishganini anglatadi.

Amerikaning Vayoming shtatida bor-yo‘g‘i 2 ta eskalator bor
Shtat maydoni bo‘yicha AQShning barcha shtatlari orasida 10-o‘rinni egallaydi. Unda 560 mingga yaqin kishi yashaydi. Butun shtat uchun bor-yo‘g‘i ikkita eskalator Kasper shahrining banklarida joylashgan. Mahalliy aeroportda ham uchinchisi paydo bo‘ladi degan gap-so‘zlar bo‘lgan edi, biroq bino bir qavatli qilib qurilgani uchun qurilmaga ehtiyoj qolmadi.

It — sirtlonga qaraganda ayiqqa yaqin qarindosh
Olimlar it va ayiqlarning ajdodi umumiy ekanini aniqlashgan. Sirtlon esa mushuksimon hayvon bo‘lib, ayiqqa umuman qarindoshligi yo‘q.
























