Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, jamoatçilik arboblari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi Vazirlar Mahkamasining 1049-sonli farmoyişiga muvofiq Novovoronej şahrida böldi hamda Rossiyaning atom energetikasiga oid ilğor tajribasi bilan yaqindan tanişdi. Kun.uz muxbiri taşrif davomida Novovoronejda yaşovçi aholining atom elektr stansiyasi (AES) joylaşgan şaharda yaşaş qanday ekaniga doir fikrlariga qiziqiş bildirdi va ularni siz bilan bölişişga qaror qildi.

Taşrifimiz davomida ob-havo sovuq bölgani va qor yoğgani sababli köçada odamlarni deyarli uçratmadik. Şu bois yöl-yölakay şaharda joylaşgan sport kompleksi va köngiloçar markazida töxtab, mahalliy aholi vakillariga murojaat qildik.

Vladimir Anpilogov, sport kompleksi qöriqçisi:

“AES yaqinida yaşaş qanday deysizmi? Ajoyib! Bloklar bor ekan, aholi iş bilan ta'minlangan, maoşlar yetarliça. Bizning dökonlar tarmoğimiz, köngiloçar maskanlarimiz juda yaxşi. Bu yerdan ketiş haqida öylab ham körmaganman. Pensionerman, bungaça 28 yil davomida sanatoriyda işlaganman. Men bu yerda hali şahar barpo qilinmagan vaqtlarni ham eslayman: na yöl, na infratuzilma, tayinli heç nima yöq edi... AES qurilişi bilan şahar körkamlaşdi, rivojlana boşladi, unga qiziquvçilar soni köpaydi. Butun umr şu yerda yaşayapman va şu kunga qadar heç qanday xavf sezganim yöq, heç qanaqa qörquv ham yöq. Darvoqe, yaqinda yoşi 100 dan oşgan onaxonni uçratdim, tetik, hatto milliy qöşiqlarni ham kuylab berdi. Böş vaqtimda ov va baliqçilik bilan şuğullanaman, dala hovlimizda dam olaman. Farzandlarim ham şu şaharda yaşaşini istayman, albatta, çunki bu yerda hamma narsa bor. AES işçilari uçun esa qöşimça tibbiy suğurta ham bor, kuyovim radioaktiv obektlarni saqlaş sexining boşliği bölib işlaydi, özini körsangiz - baquvvat! Soğliq borasida heç qanday xavotirga örin yöq. Bundan qörqiş kerak emas”.

Inna Kudryaşova, jamoatçilik taşkiloti xodimi:

“1976 yildan buyon Novovoronej şahrida istiqomat qilaman. Ilgari bu yer qişloq joylar bölgan. Odamlar taraqqiyotdan yiroq bölgan. Atom elektr stansiyasi qurilişi bilan eng avvalo, şahar qad kötara boşladi va bu yerga juda köp odamlar kela boşladi, zero ilk AES aynan şu şaharda joylaşgan edi. Bu - boşqa intellektual daraja va boşqa turmuş sifati. Qişloq aholisi şahar aholisiga aylandi, texnikumlarga öqişga kirdi. Köpçilik AES yönalişida ta'lim olib, atomçi bölib işlay boşladi. Bu esa yaxşi iş haqi, munosib hayot tarzi va umuman yangi bosqiçdir. Ayniqsa, yoşlar uçun katta imkon demakdir. Ekologiyaga kelsak, 55 yildan beri stansiya işlayotgan bölsa, biz mutlaqo xotirjam yaşab kelyapmiz. AES – bu arzon elektr energiya va issiqlik, axir. Bu yerda yaşovçi odamlar atomçilar şahrida yaşaşlari bilan faxrlanişadi”.