«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino 18 dekabr kuni iste'foga çiqarilganidan söng, ilk marotaba jurnalistlar bilan muloqot qildi.
«Mançester Yunayted» mensiz ham buyuk kelajakka ega, men ham «Mançester Yunayted»siz kelajakka egaman. Heç kim bilan hissiyotlarim töğrisida gaplaşmoqçi emasman, hatto muxlislar bilan ham. Hammasi tugadi. Men şunaqaman.
Men ötgan işlarni muhokama qilgan, aybdorlarni tilga olgan murabbiylarni tanqid qilganman. Men unday emasman. Siz jurnalistlar ham meni hurmat qilişingiz lozim.
Hozirça futbolga qaytmayman. Öz bilganimça yaşamoqçiman. «Mançester Yunayted» ötmişda qoldi», – dedi Mourino.
Mourino «Mançester Yunayted»ga 2016 yil yozda kelgan edi. U jamoa bilan Angliya Superkubogi, Liga Kubogi va Yevropa Ligasida ğalaba qozondi.












