Bugun, 19 dekabr kuni «Taraqqiyot» strategiyasi markazida «Özbekenergo» AJ rahbariyati va yetakçi mutaxassislari iştirokida «2018 yilda iste'molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş borasidagi faoliyat: erişilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.
«Özbekenergo» AJ rahbari Uluğbek Mustafoyev jurnalistlar bilan muloqot davomida jamiyat faoliyati yuzasidan ma'lumotlar berib ötdi.
«Işlab çiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizi gaz, mazut va kömir yoqiş orqali hosil qilinadi. «Özbekenergo» ming kub gazni 289 ming söm (taxminan 30-32 AQŞ dollaridan) xarid qiladi. Bu gaz agar jahon bozoriga erkin narxda çiqarilsa, kamida 120 dollardan sotiladi. Şu bois, gazga muqobil vositalar orqali elektr energiyasi oliş masalasi juda muhim. 13 foiz elektr energiyasi gidroelektrostansiyalar orqali olinadi.
Quyoş energiyasining bir kilovatti 4-8 sentga tuşmoqda. Bu hozirça iqtisodiy jihatdan özini oqlamayapti va ommalaşişiga tösqinlik qilyapti.
Tizimdagi liniyalarning 67 foizi, transformatorlarning 57 foizi eskirgan. Ammo bu ularning barçasini almaştiriş şart degani emas, köpçiligini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş mumkin. Köpçilik yoğoçli simyoğoçlarni körsatib tanqid qiladi. Alohida aytmoqçimanki, yoğoç simyoğoçlar hali işlab çiqarişdan olinmagan, ularning ham öz örni bor», degan u.
Kun.uz muxbiri jamiyat raisiga «Xorijdan elektr energiyasi import qilib, aholiga sotiş iqtisodiy jihatdan özini oqlaydimi, agar oqlasa nima uçun import hajmi köpaytirilmaydi?», degan savol yuzlangan.
«Jamiyatimiz import qilingan energiyani zarariga sotmaydi. Foydali bölsa nega köpaytirilmaydi, degan savolga javob şuki, qöşnilarimizning ham eksport imkoniyalari çeklangan. Köpçilik özimizda tanqislik bölib turgan bir paytda Afğonistonga eksport qilişimizni tanqid qiladi. Şuni alohida ta'kidlamoqçimanki, biz özimizda işlab çiqarilgan va birinçi navbatda xalqimiz uçun möljallangan elektr energiyasini sotmayapmiz. Sababi bizda import hajmi eksportdan baland – ya'ni biz foydali asoslarda xorijdan olganimizni sotyapmiz. Qiziq holatga e'tibor qarating, qöşnilarimiz bilan deyarli barça sohalarda aloqa uzilib qolgan holatlarda ham elektr energiyasi uzatiş böyiça hamkorlik saqlanib qolingan. Bugungi kunda şu hamkorlikdan yanada samarali foydalanayapmiz xolos», deya javob qaytargan u.
Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni kengaytiradi
















