2018 yilning 20 dekabr kuni Özbekistonning ilk «aqlli şahri» bölişi kutilayotgan Nurafşon şahrida mamlakatdagi birinçi multibrend avtosalonining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Toşkent viloyati hokimligi mutasaddilari, «Özavtosanoat», GM Uzbekistan kompaniyasi rahbarlari, OAV vakillari, şuningdek, Kun.uz tasvirga oliş guruhi ham iştirok etdi. 

Video: Youtube

Yangi namunadagi zamonaviy avtosalonda «Özavtosanoat» tarkibiga kiruvçi korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan yengil avtomobillar, turli yuk maşinalari hamda ehtiyot qismlari sotiladi. Bundan taşqari, şu yerning özida sotilgan transport vositalari hamda boşqa avtomobillarga servis va davriy kafolatli texnik xizmat körsatiladi. 

Zamonaviy multibrend avtosalonning şourumida doimiy ravişda GM Uzbekistan, SamAvto, JV MAN Auto – Uzbekistan hamda UzAuto Trailer kabi milliy avtosanoat korxonalarining Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari ostida işlab çiqilayotgan transport vositalari bilan tanişiş imkoniyati mavjud. Biroq, bu hali hammasi emas. Avtosalonda avtosuğurta, avtomobil xarid qiliş jarayonida davlat raqamlarini rasmiylaştiriş kabi xizmatlar körsatiladi. Şu bilan birga, siz xarid qilayotgan avtomobil uçun şu yerning özida oçilgan bank filiali orqali tölovni amalga oşirişingiz mumkin.