Bugun, 20 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida soliq siyosatining asosiy yönalişlari konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etiş doirasida amalga oşirilayotgan işlar, soliq oliş tizimini takomillaştiriş va şaffofligini ta'minlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar mavzusida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Prezident 2019 yildagi asosiy vazifa sifatida iqtisodiy barqarorlikka erişişni ta'kidlab ötgan.

«Endi islohotlarning eng qiyin bosqiçi boşlanadi. Hammamiz uçun. Yuqoridagi rahbarlardan boşlab, quyi poğonadagilargaça.

Balandparvoz gaplar böldi, ura-uraçilik böldi. Bir-birimizni keçirdik. Lekin xalqimiz bizdan mutlaqo boşqa tizimni kutadi.

2019 yilda iqtisodiy barqarorlikka erişişimiz kerak. Dunyodagi global muammolar bizga ham ta'sir qiladi. Bozor nuqtai-nazaridan albatta ta'siri böladi.

Oldimizga katta marralar qöyganmiz. Har bir tumanning, har bir sohaning oldida hal qilinişi kerak bölgan masalalar turibdi. Bu masalalar hal qilinişi uçun sohasini mukammal tuşunadigan mutaxassislar kerak», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.