Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor BBC’ni tekshirishni boshladi. Bundan oldin Britaniyada RT’ning noxolisligi ma'lum qilingandi
Roskomnadzor Rossiya Federatsiyasi hududida tarqatiladigan BBC World News kanali va BBC internet-nashrlarini tekshirishni boshladi.
Tekshiruv taqdim etilayotgan materiallar Rossiya qonunchiligiga muvofiq kelishini aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
U Britaniyaning Ofcom idorasi RT telekanali Buyuk Britaniyada efirga uzatish qoidalarini buzgani haqida ma'lum qilganiga aloqador, deya aniqlik kiritdi Roskomnadzor.
20 dekabr kuni Ofcom RT’ning 2018 yil mart-aprel oylarida efirga chiqqan yettita dasturida obektivlik tamoyillariga amal qilinmagani haqida ma'lumot berdi. Dasturlar, xususan, Skripallarning zaharlanishi va Suriyadagi mojaroga bag‘ishlangan.
Britaniya idorasi RT’ga nisbatan sanksiyalar haqida hozircha qaror qabul qilmadi. Kanal jarimaga tortilishi yoki Buyuk Britaniyada efirga chiqish bo‘yicha litsenziyadan mahrum etilishi mumkin.
RT Buyuk Britaniyada ish boshlagan 2011 yildan beri, Ofcom unda efirga uzatish qoidalarining buzilishi bo‘yicha 15ta holatni aniqladi.
Mavzuga oid
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
11:19 / 25.04.2026
BBC logotipi bilan Zelenskiyga oid soxta video tarqatildi
15:56 / 25.02.2026
2025 - urushdagi eng qonli yil: BBC va “Mediazona” hisoboti
21:45 / 24.02.2026