Parhezşunoslar sut bilan qöşib iste'mol qilinganida organizm uçun xavfli oqibatlar keltirişi mumkin bölgan mahsulotlar röyxatini tuzişdi, deya xabar bermoqda Medikforum.

Xususan, qahva sut bilan qöşib içilganida tetiklantiruvçi natija bermaydi. U sut oqsili ta'siri ostida neytrallaşadi. Bunday içimlikdan keyin aksinça uxlagingiz keladi.

Mutaxassislar kök çoy va sutning aralaşmasini ham muvaffaqiyatsiz hisoblaşadi. Bundan taşqari kök çoyni “muammoli” içakli kişilarga içiş tavsiya etilmaydi. Sutning qöşilişi çoyning antioksidant ta'sirini pasaytiradi, tomirlarni kengaytirib, qon bosimini özgartiradi.

Dengiz mahsulotlari va sariyoğ qöşilgan qaylali taomlar köpçilik uçun mazali tuyuladi. Biroq bunday qöşilma oşqozon bilan boğliq muammolarning sababiga aylanişi mumkin. Organizmda oqsillar dozasi ortib ketişi yuz beradi, bu esa buyraklar faoliyatini murakkablaştiradi.

Pişloqli omlet ham eng yaxşi birikma emas. Sutning tuxum va pişloq bilan aralaşmasi – “oqsilli zarba” bölib, oşqozon hazm qiliş tizimi undan keyin tiklaniş uçun uzoq vaqt sarflaşiga töğri keladi.

Sutni mevalar bilan birga iste'mol qiliş ham xavfli. Mevalarni desert örnida emas, har doim asosiy taomdan alohida yeyiş kerak.

Sut ayrim sabzavotlar – bodring, pomidor, brokolli, qovoqça, sabzi bilan ham “kelişmaydi”. Ulardan keyin ovqat hazm böliş jarayoni buziladi, kuçli oğriqlar paydo bölişi ham mumkin.