Toşkent şahridagi tungi klublardan birida ikki yigit bilan janjallaşib, ularni piçoqlab qöygan 19 yoşli qiz kuni keça sud qilindi. Bu haqda Sevimli telekanalidagi «Zamon» dasturida ma'lumot berilgan.
Lavhada qayd etilişiça, uşbu qiz tungi klubga özining onasi bilan borgan. 19 yoşli sudlanuvçi 2018 yil 6 oktabr kuni taxminan soat ertalabki 04:40larda Toşkent şahar Olmazor tumani Forobiy köçasida joylaşgan «Nihol» tungi klubi oldida özaro kelişmovçilik sabab tös-töpolon kötaradi. Janjal qizning piçoqbozligi bilan yakunlanadi.
Şu kuni yigitlardan birining qöli yengil jarohat oladi, ikkinçisi esa oğir darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqiziladi.
Bildirilişiça, jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudining sudyasi Mirziyod Obidov tungi klubda yigitlarga tan jarohati yetkazgan qizga hukm öqigan.
Jabrlanuvçi yigitlar qizga nisbatan heç qanday da'vosi yöqligini bildirib, suddan sudlanuvçi qizga yengillik berişni söragan.
Yigitlarga jarohat yetkazgan qiz Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi (qasddan badanga oğir zarar yetkaziş) va 277-moddasi 3-qismi «g» (bezorilik) bandi bilan ayblandi.
Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş körinişidagi jazo tayinlangan.
Eslatib ötamiz, 9 avgustga ötar keçasi Toşkent şahrining Yunusobod tumani hududida joylaşgan «Aurum 898» tungi klubida erkin kuraş böyiça professional sportçi Jamşid Kenjayev va klub qöriqçilari örtasida janjal kelib çiqqandi. Kenjayev olingan oğir jarohatlar oqibatida şifoxonada jon bergan.

















