Germaniya çempionatining 17-turi markaziy uçraşuv bilan boşlandi. Bundesliga yetakçilari – «Borussiya» nomli ikki klub Dortmundda özaro kuç sinaşdi.
Hafta boşida «Fortuna» mehmoni bölgan dortmundliklar Bundesliganing bu mavsumidagi ilk mağlubiyatini tan olgan, Menxengladbax jamoasi esa öz maydonida autsayder «Nyurnberg»ni mağlub etgan edi. Natijada jamoalar orasidagi 9 oçkolik farq 6taga qisqargan edi. Ammo keçagi bahsdan söng oraliq marra avvalgi holiga qaytdi – Dortmund yana ğalabali yölga çiqib oldi.
Dastlab uçraşuvning 42-daqiqasida biroz avval zaxiradan tuşirilgan Mario Gyottsening pasidan keyin Jyeydon Sanço hisobni oçdi. Ammo bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Kristof Kramer mavsumda ilk marta golini urib, birinçi bölimdan söng hisobda tenglik bölişini ta'minladi.
Ikkinçi bölim boşlanganiga köp bölmay, mezbonlar yana oldinga çiqib olişdi – Roys sobiq klubi darvozasini işğol etdi, bu uning çempionatdagi 11-goli böldi; Markoga yana Mario Gyottse pas uzatdi. Şu hisob öyin oxiriga qadar özgarmay qoldi, Dortmundnig «Borussiya»si qişki tanaffusga çempionat peşqadami sifatida yöl oladigan böldi.
Amaldagi çempion «Bavariya» bugun «Ayntraxt» mehmoni böladi. Myunxenliklar Frayburgda ğalaba qozonişsa, ikkinçi örin egasi sifatida tanaffusga yöl olişadi.
Germaniya çempionati
17-tur, 21 dekabr
Borussiya D – Borussiya M 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 42 Sanço, 1:1 – 45 Kramer, 2:1 – 54 Roys.
Borussiya D – Byurki, Pişçek, Vaygl, Toprak, Xakimi, Vittsel, Dileyni, Sanço (Volf, 90), Roys, Gerreyru (Bruun Larsen, 90), Pako Alkaser (Gyottse, 34).
Borussiya M – Zommer, Djonson, Bayyer, Ştrobl, Vendt, Noyxaus (Kyuizans, 82), Kramer (Xofmann, 68), Zakariya, Xerrmann (Traore, 73), Plea, Azar.
22 dekabr
19:30. Hannover – Fortuna
19:30. Nyurnberg – Frayburg
19:30. Ştutgart – Şalke
19:30. Bayyer – Herta
19:30. RB Leyptsig – Verder
22:30. Ayntraxt F – Bavariya












