«Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh keça «Vulverhempton» bilan öyinda (2:0) hisobni oçdi va APLning uşbu mavsumidagi gollari sonini 11taga yetkazib, töpurarlar röyxatida birinçi öringa kötarilib oldi.

26 yoşli misrlik töpurarlar poygasida «Arsenal» hujumçisi Per-Emerik Obameyangni (10) ortda qoldirdi.

Saloh, şuningdek, keçagi 2-golda ham bevosita iştirok etib, Virjil van Diykning goliga assistentlik qildi. Bu uning mavsumdagi beşinçi samarali uzatmasi böldi. APLning 18 öyinida gol+pas tizimi 16 oçko töplagan Saloh bu borada faqat «Çelsi» vakili Eden Azardan (16 öyinda 8+9) bir oçkoga ortda qolmoqda.

Statistikaga köra, «Liverpul»ning uşbu yulduzi Premer-ligada «qizillar» a'zosi sifatida özi töqnaş kelgan 22ta klubdan 20tasining darvozasini işğol eta olgan. U faqat «Mançester Yunayted» va «Suonsi Siti» klublarini doğda qoldira olmay kelmoqda.