Angliya çempionatining 18-turida «Çelsi» «Lester Siti»ga yutqazdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyindagi yagona gol ikkinçi bölim boşida Jyeymi Vardi tomonidan urildi, unga Jyeyms Meddison assistentlik qildi.

Bu «Çelsi» uçun mavsumdagi uçinçi, uy uçraşuvlaridagi birinçi mağlubiyat böldi.

Bu mağlubiyatga qaramasdan «Çelsi» (37 oçko) Premer-ligada törtinçi örinni saqlab qolgan. Bugun öz uçraşuvida ğalaba qozongan «Arsenal»da ham 37 oçko bor, ammo Unai Emeri şogirdlari töplar nisbatiga köra quyiroqda joylaşgan. «Lester Siti» esa oçkolari sonini 25taga yetkazgan va turnir jadvalida töqqizinçi öringa kötarilgan. 

Keyingi turda «Çelsi» «Uotford» mehmoni böladi. «Lester Siti» «Mançester Siti»ni qabul qiladi. Ikki öyin ham 26 dekabr kuniga belgilangan.

18-tur doirasidagi boşqa uçraşuvlarda «Brayton» «Bornmut»ga, «Vest Hem» esa «Uotford»ga bir xil hisoblarda (0:2) yutqazdi, «Nyukasl Yunayted» «Fulhem» bilan durang öynadi (0:0), «Sauthempton» safarda «Haddersfild Taun»dan ustun keldi (3:1).

Angliya çempionati
18-tur
Çelsi – Lester 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 51 Vardi.
Çelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar, Kante, Pedro, Kovaçiç (Loftus-Çik, 61), Villian (Jiru, 61), Jorjino (Fabregas, 75).
Lester – Şmeyxel, Morgan, Çiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Ndidi, Mendi, Olbrayton, Çouduri, Meddison (Grey, 82), Vardi (Ixeanaço, 84).
Ogohlantirişlar: Ndidi (31), Mendi (81).

Haddersfild – Sauthempton 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Redmond, 0:2 – 42, penalti Ingz, 1:2 – 58 Billing, 1:3 – 71 Obafemi.
Haddersfild – Lessl, Xaderdjonay, Kongolo, Yorgensen, Leve (Durm, 46), Bakuna (Kaçunga, 65), Billing, Mbenza (Kvaner, 81), Pritçard, Şindler, Mune.
Sauthempton – Makkarti, Valeri (Stivens, 79), Bednarek, Vestergor, Targett, Redmond, Romeu, Armstrong (Lemina, 69), Xeyberg, Yosida, Ingz (Obafemi, 65).