Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh assambleyasi Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qildi
BMT Bosh assambleyasi Ukrainaning Qrimda inson huquqlari buzilishi haqidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. Avvalroq Bosh assambleyaning iqtisodiy qo‘mitasi bu rezolyutsiyani moliyalashtirishdan bosh tortgandi.
Hujjatning qabul qilinishiga 65 davlat ovoz bergan, 27 davlat qarshi chiqqan, 70 davlat betaraflik bildirgan.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Bosh assambleyadagi nutqida “ushbu rezolyutsiyaning haddan tashqari siyosiylashtirilgani, ishonchsiz va soxta ma'lumotlarga asoslanganini” aytgan. Uning ta'kidlashicha, Qrim 2014 yilgacha Ukrainaning nochor hududi bo‘lgan, “Kiyevda qrim tatarlar haqida Qrim boy berilgandan keyingina g‘amxo‘rlik qilina boshlangan”.
Rossiya vakilining aytishicha, hozirda yarimorolda “baxtiyor insonlar” yashaydi va barchaga Qrimga tashrif buyurishni hamda “u yerda dam olayotgan ukrainaliklardan ularning huquqlari kamsitilayotgani-yo‘qligi haqida so‘rashni” taklif qilgan.
“Rossiya o‘z hududida, jumladan Qrimda erkinlik va ozodlik himoyalanishini kafolatlaydi”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan rossiyalik diplomat.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026