«Real» yarimhimoyaçisi Isko yana bir mojaro markazida bölib turibdi.

Marca`ning yozişiça, u klublar örtasidagi jahon çempionati finali öyinidan söng, jamoa bilan suratga tuşiş va stadion böylab ğalabani nişonlaş marşida iştirok etişdan boş tortgan hamda darhol kiyim almaştiriş xonasiga ravona bölgan. Uning ortidan darvozabonlar Keylor Navas va Kiko Kasilya, himoyaçi Dani Karvaxal ham içkariga yöl olişgan.

Ya'ni ular çempionlikni nişonlaş va jamoadoşlari bilan xursandçilik qiliş, ularning davrasida ğalaba onlaridan bahra olişni lozim topişmagan.

Foto: Getty Images

Isko çempionat yarimfinalidagi «Kaşima Antlers»ga qarşi öyinda (3:1) 25 daqiqa töp surgan bölsa, «Al-Ayn» bilan bölgan finalni (4:1) oxirigaça zaxira örindiğida kuzatdi. Çempionlik bahsida mezbonlar darvozasini işğol etgan jamoa sardori Serxio Ramos öz golini aynan Iskoga bağişlagan edi.

OAVda Iskoga asosan ikki klub –«Mançester Siti» va «Yuventus» da'vogar sifatida körsatilmoqda.