Jizzaxdagi avtomobil zavodi 2019 yilda foydalanishga topshiriladigan loyihalar ro‘yxatiga kiritilmadi
Jizzaxdagi avtomobil zavodi 2019 yilda ishga tushirilishi kerak bo‘lgan loyihalar ro‘yxatiga kiritilmadi. Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.
Hujjat bilan 2019 yilda ishga tushiriladigan obektlar va ishlab chiqarish quvvatlarining manzilli dasturi tasdiqlandi.
Ular orasida Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichi, xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashtirish laboratoriyasiga ega Loyiha-muhandislik markazi (barcha uch obektni ishga tushirish 2019 yil dekabriga mo‘ljallangan) va boshqalar bor.
Dasturda «O‘zavtosanoat»dan faqat bitta loyiha - Norin tumanida ikki va uch g‘ildirakli mototsikllarni ishlab chiqarishni tashkil etish bor. Uni 2019 yil mart oyida ishga tushirish rejalashtirilmoqda, loyiha quvvati - 10 ming dona, 3 mingtasi 2019 yilda ishlab chiqariladi.
Jizzaxdagi avtomobil zavodi esa boshqa dasturga kiritildi - 2019 yilda ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan istiqbolli loyihalar ro‘yxati.
Shuningdek, Namangandagi avtomobil zavodi (Hyundai yuk mashinalari, mikroavtobuslar, avtobuslar va maxsus transport vositalari) ham bu ro‘yxatdan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat» Jizzaxda avtozavod qurish loyihasi konsepsiyasi o‘zgartirilishi haqida ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
13:59 / 24.01.2025
Jizzaxda tut daraxtlari kesilishi oqibatida 738 mln so‘mlik zarar yetkazildi
22:29 / 17.01.2025
Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
09:58 / 07.01.2025
Kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarildi
07:24 / 17.12.2024