“Özavtosanoat” AJ va PSA Groupe kompaniyasi örtasidagi qöşma korxona taşkil etiş töğrisidagi kelişuvga muvofiq Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda. 

AJ xabariga köra, loyiha yölovçilar va yuklarni taşişga möljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni özlaştirişni közda tutadi.

Qayd etilişiça, hozirda obektda quriliş-montaj işlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilişi böyiça tegişli kontraktlar tuzilgan.

Şu bilan birga, boşlanğiç ma’lumotlardagi ba’zi közda tutilmagan özgarişlar munosabati bilan, şeriklar loyiha konsepsiyasini özgartiriş va iqtisodiy parametrlarni optimallaştiriş ustida hamkorlikda işlamoqdalar, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, loyihaning kelgusi borişi haqida qöşimça ravişda ma’lum qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston avtosanoati yirik investorni jalb qilgani, u Özbekistonga mintaqaviy raqobatçi bölmoqçi ekani xabar berilgandi.