Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva Qazzofiyning o‘g‘li Putinga iltimos bilan chiqqaniga munosabat bildirdi
Moskvaning fikricha, hech kimni saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum etish mumkin emas. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 2011 yilda hokimiyat tepasidan ag‘darilgan Liviya yetakchisi Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Rossiya prezidenti Vladimir Putinga siyosiy qo‘llab-quvvatlov to‘g‘risida iltimos bilan chiqqaniga shunday izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
«Biz barchani qo‘llab-quvvatlaymiz», - deya ma'lum qilgan vazirlik. Shuningdek, u yerdan qayd etishlaricha, Qazzofiyning o‘g‘li Saif al-Islom Liviyadagi siyosiy jarayonning bir qismi bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Liviyadagi prezidentlik ambitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Rossiya hukumatiga iltimos bilan chiqqani xabar berilgandi. Biroq Moskva, Bloomberg’ning aniqlashicha, bu kampaniyada kimni qo‘llab-quvvatlashini hali aniqlamadi.
Rossiya vakillari, agentlikning Moskvadagi vaziyatdan xabardor manbalari so‘ziga ko‘ra, Qazzofiyning merosxo‘ri bilan aloqa o‘rnatib bo‘lgan. «Noma'lum joyda bo‘lib turgan» Saif al-Islom ular bilan qamoqxonadan ozod etilgach, videoaloqa orqali gaplashgan, deya ta'kidlab o‘tdi Bloomberg manbasi. Keyinchalik, dekabr oyi boshida, uning ma'lumotlariga ko‘ra, Liviya sobiq rahbari o‘g‘lining vakili Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgan. U orqali Saif al-Islom nomidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya hukumatiga sobiq diktator qarindoshidan maxsus maktub yo‘llangan, deya aytib o‘tdi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saif al-Islom maktubda Liviya kelajagi haqida o‘z fikrini bayon etgan hamda siyosiy qo‘llab-quvvatlov so‘ragan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026