AQŞ mudofaa vazirining birinçi örinbosari Patrik Şanaxan 2019 yil 1 yanvardan Pentagon rahbari vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi sifatida iş boşlaydi. Bu haqda tvitterda AQŞ prezidenti Donald Tramp xabar qilgan.

“Mudofaa vazirining iste'dodli birinçi örinbosari Patrik Şanaxan 1 yanvardan Pentagon rahbari lavozimini vaqtinçalik egallaydi. Patrik örinbosar bölib işlaganda katta muvaffaqiyatlarga erişgan”, deb yozgan Tramp.

Pentagonning amaldagi rahbari Jyeyms Mettisning iste'foga ketişini 20 dekabrda Tramp ma'lum qilgan. Mettisning iste'foga çiqiş haqidagi murojaatida u bu qarorni prezident bilan qaraşlari turliça bölgani sababli qabul qilayotgani ma'lum qilingan.

Şanaxan mehnat faoliyatini 1986 yilda Boeinğda işlaş bilan boşlagan. U kompaniyada bir qator rahbar lavozimlarini egallagan. 2017 yil yozida mudofaa vaziri örinbosari lavozimiga tasdiqlangan.