Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talonchilik qilgan «uch mushketyor» ushlandi - IIV
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida shu yil 21 dekabrga o‘tar kechasi uch noma'lum shaxs Fayzli mahallasi Beruniy ko‘chasida joylashgan ko‘prik tagida Mustaqillik mahallasida yashovchi M.E.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, pullari va “Iphone” rusumli uyali telefonini tortib olib ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumanida yashovchi I.R., S.S. va Yangiyo‘l tumanida yashovchi L.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
11:54 / 12.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi
18:12 / 03.09.2025