Dyuk Universiteti (AQŞ) olimlarining aniqlaşiça, X avlodi vakillari va milleniallar örtasida hayot davomiyligining pasayişi hamda erta ölim xavfining ortişi kutilmoqda. Bu haqda Science Daily naşri xabar berdi.

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, xavf guruhlariga 38-45 yoşli (X keyingi avlodi) va 27-37 yoşdagi (Y erta avlodi yoki milleniallar) odamlar kiradi. Mutaxassislar 1990-2016 yillardagi Kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş markazlari ma'lumotlarini tahlil qilib, ölim sabablarini aniqlaşga urinişdi.

Mutaxassislarning fikriga köra, X avlodi vakillari va milleniallar 2008 yilgi jahon moliyaviy inqiroziga duç kelişdi, iş izlaşda ma'lum bir muşkullar bilan töqnaşişdi, bu ularning soğliğiga jiddiy ta'sir körsatdi. Ölimning asosiy sabablari orasida öz joniga qasd qiliş, giyohvand moddalarning haddan taşqari köp dozasi, spirtli içimliklarni suiiste'mol qiliş, diabet, saraton va yöl-transport hodisalari bor. Biroq, omillar irq, jins hamda etnik kelib çiqişga qarab özgaradi.

Bundan taşqari, mutaxassislarning aniqlaşiça, XX asr örtalarida dunyoga kelgan avlod vakillari - bebi-bumerlar örtasida giyohvand moddalar, yöl-transport hodisalari, qotillik, öz joniga qasd qiliş, OIV va surunkali obstruktiv öpka kasalligidan ölim xavfi yuqoridir.