
Barcha yigitlar tashqi ko‘rinishida, avvalo soqolga ko‘proq e'tibor berishadi. Axir, bekorga xalq ichida «So‘z ko‘rki maqol – yigit ko‘rki soqol» degan gap yurmaydi. To‘g‘ri o‘stirilgan soqol erkak kishini nafaqat ko‘rkam qiladi, balki boshqalarda unga nisbatan yuqori hurmat uyg‘otadi. Ammo, qalin va xushbichim soqol hammada ham bo‘lavermaydi. Ba'zi yoshlar siyrak soqol yoki butunlay soqolsizlikdan aziyat chekishadi (ko‘salik). Ular bunday vaziyatda turli xil dori vositalaridan foydalanadilar. Ko‘pincha bu salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tarixiy nuqtai nazardan soqol erkaklarda botirlik va hokimiyat ramzi hisoblanadi. Shuning uchun ham ko‘plab sport va kino yulduzlari turlicha soqol ko‘rinishlarini qo‘llashadi. Lionel Messi, Muhammad Saloh, Devid Bekxem kabi futbol yulduzlarida o‘ziga xos soqolni ko‘rasiz. Xo‘sh, agar sizning soqolingiz o‘sishdan to‘xtasa yoki umuman o‘smasa nima qilish kerak?
Ko‘pchilik erkaklarning katta xatosi shundaki, ularda soqol umuman o‘smaydi deb o‘ylaydilar. Bu, albatta, noto‘g‘ri fikr. Bugun biz sizlarga soqolni nafaqat tez o‘stirish, balki, o‘stirishda to‘g‘ri vositalardan foydalanish haqida maslahatlar beramiz.
Hozirgi kun tabobati soqolni tez o‘stirish uchun turli dori vositalarini taklif etadi. Ularning ko‘pchiligi qulay narxlarda mavjud. Lekin, biz sizga ularni xarid qilishdan avval shifokor (trixolog vrachi) maslahatini olishingizni maslahat beramiz. Chunki, ular faqat sizga mos keluvchi vositalarni tavsiya etishadi.
Biz esa sizga oxirgi paytda ko‘pchilik o‘rtasida yuqori talabga ega va soqol o‘stirishda yaxshi samara berayotgan MinoX preparatidan foydalanishni maslahat beramiz. Uni qo‘llash unchalik murakkab emas. Siz uni yuz terisiga surtasiz va soqol o‘sadigan sohalarga tarqatasiz.
Soqol o‘stirish uchun qo‘llaniladigan MinoX tarkibi minoksidin moddasidan iborat.
















