Kaktuslarning hamma turi ham gultuvakka siğmas ekan. Ularning orasida balandligi 20 metrga yetadigan va hatto quşlar yaşaydigan joy vazifasini bajaradigan haqiqiy gigantlar ham bor. Aynan şunday kaktuslar Şimoliy Amerikaning Sonora sahrosida ösadi va davlat tomonidan qöriqlanadi. Bu ösimlikni yöq qilgan yoki unga zarar keltirgan şaxs qonunni buzgani uçun 25 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi.

Sonora sahrosi Meksika va AQŞ hududidagi Kaliforniya böğozidan şimolda joylaşgan. Bu qum-toşli sahro 300 ming kv.km maydonni egallaydi va Şimoliy Amerikadagi yoğingarçilik eng kam bölgan joy hisoblanadi. Biroq öta yuqori harorat va yoğingarçiliklarning kam miqdoriga Sonoradagi ösimliklarning 2 mingga yaqin va jonzotlarning 500 ta turi moslaşa oldi. Sahroning eng maşhur ösimligi ulkan kaktus — saguaro yoki gigant karnegiya hisoblanadi. Kaktuslar oilasining uşbu vakili Sonora endemiki sanaladi, ya'ni faqat aynan şu sahroda ösadi va dunyoning boşqa heç bir yerida uçramaydi. Şuning uçun kaktusning aynan şu turi va Sonora sahro ekotizimini qöriqlaş maqsadida çölning Amerika qismida Arizona ştati hududida Saguro milliy boği taşkil etilgan.



Gigant karnegiya (lotinça — Carnegiea gigantea)ning balandligi 15–20 metrga yetişi mumkin. Poyasining diametri esa 65 santimetr. Tikanlarining uzunligi ham öziga mos — 7 santimetrgaça. Rasmiy qayd etilgan rekord — balandligi 24 metr bölgan saguaro kaktusi. Afsuski, u hozirda mavjud emas — ösimlik ötgan asrning 70-yillaridagi töfonda nobud bölgan.
Vaqt ötgani sayin saguro poyasi qandil şakliga kiradi. Sahroning barça kaktuslari kabi katta sagurolar yilda bir marta yomğir mavsumi kelganida gullaydi. Holdan toydiruvçi qurğoqçilikdan keyin sahroga uzoq kutilgan namlik kelişi bilan saguro markazi sut rangidagi önlab oq gullar bilan qoplanadi. Uning körinişi kişini hayratga soladi. Oqiş rang bilan birgalikda sariq va qirmizi rangdagi gullar ham uçraydi.



















