O‘zbekiston | 14:45 / 26.12.2018
37689
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana hushyorxonalar paydo bo‘ladi

Illyustrativ foto

O‘zbekistonda hushyorxonalar qayta tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 dekabrda tasdiqlangan - 2019 yilda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash “Yo‘l xaritasi”da aytiladi.

Hujjatga ko‘ra, alkogoldan o‘tkir mastlik holatida bo‘lib, o‘zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug‘diruvchi shaxslarni vaqtincha izolyatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratib, har bir tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar (hushyorxona) ajratiladi. Ular zarur anjomlar bilan jihozlanadi va dori vositalari bilan ta'minlanadi.

Amalga oshirish muddati - 2019 yil may. Mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

Mavzuga oid