Soliqlarni to‘lash muddatini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi

2019 yildan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda aytiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksining 120-moddasi (Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish) ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e'tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,045 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi, agar penyani hisoblash soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilsa, – 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi».
Bugungi kunda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lov muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori, to‘liq to‘lanmagan soliq summasini kim aniqlaganidan qat'i nazar, o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033%ni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar ro‘yxati o‘zgargani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

09:52 / 21.02.2025