2018 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ötkazilgan navbatdagi “Hukumat soati”ga quyi palatadagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining taşabbusi bilan “Şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş hamda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, istiqboldagi vazifalar töğrisida”gi masala kiritildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, mazkur masala yuzasidan deputatlar savollari böyiça Özbekiston Respublikasi quriliş vaziri A. Töxtayev atrofliça ma'lumot berdi.
2018 yilda jami 13 917 xonadonli 335 ta uy-joy qurilişi rejalaştirilgan edi. Şuningdek, davlat rahbarining hududlarga taşriflari çoğida bergan topşiriqlariga asosan esa, qöşimça 90 ta uy bunyod etilişi belgilangan. Şulardan 79 ta köp qavatli uy-joy foydalanişga topşirilgan. Qolganlarida quriliş-montaj işlari davom etmoqda.
Davlat rahbarining 2018 yil 18 yanvardagi “2018 yilda uy-joy qurilişini rivojlantiriş maqsadli dasturlarini samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq esa, aholi uçun jami 16 360 ta arzon uy qurilişi belgilangan. Şundan 5 942 tasida quriliş-montaj işlari yakunlanib, foydalanişga topşirilgan.
Bu borada keng kölamli işlar amalga oşirilayotgan, quriliş taşkilotlari uçun qator imtiyozlar berilayotgan bir paytda köplab kamçiliklar ham uçrab turgani “Hukumat soati”da ta'kidlab ötildi.
Deputatlar xalqni uy-joy bilan ta'minlaş, quriliş işlarini sifatli va öz vaqtida yakunlaş, şuningdek, hududlarda bunyod etilayotgan uylar atrofida infratuzilmalarni yaratiş borasidagi masalalar, odamlarni öylantirayotgan muammolar xususida jiddiy savollar bilan murojaat etdilar. Ayniqsa, deputatlarning e'tiroziga sabab bölgan masala — Toşkent, Sirdaryo, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida qurilişi rejalaştirilgan 4539 ta uy-joydan bugungi kungaça birortasi ham foydalanişga topşirilmaganiga izoh söraldi.
Deputatlarning fikriça, uy-joy qurilişi borasida topşiriqlar ijrosini muddatidan oldin bajariş, hisobotlardagi statistikaning ijobiy bölişini ta'minlaş ilinjida mahalliy hokimliklar tomonidan ham bir qator kamçiliklarga yöl qöyilganidan köz yumib bölmaydi. Çuqur öylanmasdan, tegişli xulosalar asosida iş olib borilmasligi ba'zi hududlarda qurib bitkazilayotgan uy-joylarga aholini joylaştirişda qiyinçiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Vazir deputatlar savollariga javob qaytarar ekan, bunday holatlarga nisbatan vazirlik va tegişli inspeksiya tomonidan ham jiddiy nazorat olib borilayotgani, kamçiliklarga yöl qöygan mutasaddilarga nisbatan çoralar körilayotganini qayd etdi. Öz navbatida, nazorat qiluvçi va quriliş obektlarini qabul qilib oluvçilarning ham mas'uliyatini oşiriş yuzasidan öz mulohazalarini bildirib ötdi.












