Ukrainada 26 dekabr kuni harbiy holat muddati tugaydi.
30 kunlik harbiy holat muddati 26 noyabr kuni mamlakatning 10 oblastida prezident Pyotr Poroşenkoning taşabbusi bilan Kerç böğozidagi hodisadan keyin joriy etildi.
Vinnitsa, Lugansk, Nikolayev, Odessa, Sumi, Xarkov, Çernigov, Xerson, Zaporojye, Donetsk oblastlarida, Azov va Kerç akvatoriyasining içki suvlarida maxsus huquqiy rejim amal qildi.
Dastlab, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi uni Ukraina butun hududida 60 kunlik muddatga joriy etiş taklifi bilan çiqdi. Öşanda Oliy rada Poroşenkoni mart saylovlarini bekor qiliş uçun harbiy holatdan foydalanişga urinayotganlikda gumon qilib, buni tasdiqlaşdan boş tortdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina boş prokurori Kerçdagi hodisa Rossiya bosqinining uçinçi tölqini ekanini ma'lum qilgandi.












