Xitoylik olimlar jamoasi misni deyarli oltinga öxşaş yangi materialga aylantirişdi. Uşbu ixtiro noyob, qimmatbaho metallarni qöllaşni ança kamaytirişga imkon beradi.
Professor Sun Tszyan va uning hamkasblari misga issiq, elektr zaryadlangan argon gazi oqimini katta bosimda yönaltirişdi. Bunda tez harakatlanuvçi ionlaşgan zarralar mis atomini portlatgan. Şundan keyin mis atomlari sovib, töplovçi qurilma ustiga mayda qum zarralari kabi çökkan. Har bir zarra bir neça nanometr diametrga ega bölgan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, mis nanozarralari oltin yoki kumuşning körsatkiçlariga öxşaş körsatkiçlarga erişgan.
Yangi materialni qalbaki tilla tangalar tayyorlaş uçun qöllab bölmaydi, çunki uning ziçligi misniki kabi saqlanib qoladi. Biroq olimlarning fikriça, yangi “oltin” boşqa sohalarda öz tatbiğini topişi mumkin.
Oltin özining kimyoviy inertligi va tabiatda kam uçraşiga qaramay, bugungi kunda organik molekulalarning turli tiplarining özgarişini tezlaştiruvçi köplab kimyoviy katalizatorlar uçun asos sifatida qöllanadi. Misol uçun, oltin bugunda spirtning turli birikmalarini va unga öxşaş moddalarni şakllantirişda qöllanadi.
Olimlar ançadan beri oltinni boşqa arzonroq metallar va noorganik elementlar bilan almaştirişga urinib kelişadi. Biroq kimyogarlar ham, boşqa mutaxassislar ham oksidlovçilarning ta'siriga yaxşi qarşilik körsatuvçi va şu bilan bir vaqtda reaksiyalarni tezlatuvçi oltinga öxşaş moddani hali olişga muvaffaq bölişmagan.












