Belarusda harbiy akademiya negizida ilk axborot texnologiyalari rotasi şakllantirildi. Yangi qöşinga 40 kişi tanlab olingan.
Fevralda Belarus mudofaa vaziri Andrey Ravkov mamlakat qurolli kuçlarida axborot xavfsizligi masalalari bilan şuğullanuvçi ixtisoslaşgan rota paydo bölişini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanişiça, AT-rotani taşkil etişdan maqsad qurolli kuçlar tayyorgarligi samaradorligini AT-texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar aqliy salohiyatidan maksimal foydalangan holda yanada oşiriş, dasturiy ta'minot, maxsus va amaliy dasturlarni işlab çiqişdan iborat.
26 dekabrda uşbu rotaning kompyuter auditoriyasi oçilişi bölib ötdi. Ma'lum qilinişiça, uşbu rotada xizmat olib boruvçi harbiylarning işlaşi va yaşaşi uçun zamonaviy infratuzilma yaratilgan.












